← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Nutqiy xarakteristika

Nutqiy xarakteristika – inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri, epik va dramatik asarlarda personaj xarakteriga xos xususiyatlarni uning nutqini individuallashtirish orqali berish. Kishining nutqi uning xarakter xususiyatlari, intellektual darajasi va maʼnaviy olami, muayyan ijtimoiy guruh yoki hududga mansubligi va sh.k.lar haqida xabar beruvchi eng ishonchli manbadir. Shu bois ham adabiy asarda personaj nutqini individuallashtirish (oʻziga xos jihatlarini aks ettirish) toʻlaqonli badiiy xarakter yaratishning muhim sharti sanaladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish