Dilmurod Quronov
Yangilik · 2021
Andijon davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilmurod Kuronov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga koʻra “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoniga loyiq koʻrildi. Olim 35 yildan beri ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullanadi. Dilmurod Kuronov 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 3 ta qoʻllanma, 1 ta lugʻat muallifi. Respublika matbuotida oʻzbek adabiyotshunosligi masalalariga…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Oʻtgan asrning oxirlarida nasrimizning yangi avlodi Gʻarb, Lotin Amerikasi va Uzoq Sharq nasriga favqulodda kuchli qiziqish bilan qaray boshladi. Bu XX asr boshlaridan shakllana boshlagan va beqiyos shiddat-la rivojlangan milliy badiiy proza anʼanalarini inkor qilish, yangi yoʻl izlash natijasi edi. Jamiyat hayotidagi keskin burilish davriga toʻgʻri kelgani uchun ham inkor ruhi gʻoyat kuchli edi. Sir emas, oʻsha sharoitda biz – oʻzidan avalgilar suyib oʻqigan asarlarni «zamona kemasidan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
1987-yilda – Choʻlpon asarlarini egalariga qaytarishga ozmoz imkon paydo boʻlgandek boʻlgan bir vaqtda bu yoʻldagi ilk ehtiyotkor qadamni «Yoshlik» jurnali qoʻydi. Jurnalning 10-sonida Choʻlpon sheʼrlaridan saylangan oʻn bittasi chop qilinib, «Adabiy meros» ruknidagi jami ikki sahifalik jajjigina saylanmaga ustoz O.Sharafiddinovning muhofaza – «straxovka» maqsadiga qaratilgan bir sahifalik maqolasi ilova qilindi. Maqolaning aynan shu maqsadda yozilgani uning xulosasida yaqqol koʻrinadi:…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Avvalo, ikki ogʻiz «doston» haqida. Adabiyotimiz oʻtmishiga sirtdangina nazar tashlansayoq juda qadimda shakllangan doston xalq ogʻzaki ijodidagi janrlar tizimining gultoji maqomida boʻlgani, mudom rivojlanish, oʻsish-oʻzgarishda yashagani koʻriladi. Xuddi shu xususiyat uning yozma adabiyotdagi hayotiga ham xos: «Qutadgʻu bilig» ham, «Muhabbatnoma» ham doston, «Hayrat ul-abror»-u «Farhod va Shirin» ham... – hammasi doston, lekin, masnaviy shakli-yu aruz oʻlchovlarida ekanini demasak, boshqa…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Ilmiy anjumanlardan birida maʼruzachi «Devoni Nihoniy»da mumtoz sheʼriyat anʼanalari davom ettirilgan...» degan mazmunda bir nima dedi. Bir qarashda toʻgʻri fikrga oʻxshar, aslida, nihoyatda bahsli. Negaki «Devoni Nihoniy»da mumtoz sheʼriyat anʼanalari davom ettirilmagan, uning oʻzi bevosita mumtoz sheʼriyatga taalluqli, muallifi esa mumtoz sheʼriyat vakili oʻlaroq qalam surgan. Xullas, maʼruzachining fikri Hamzaning keyingi ijodiga nisbatan olinsagina toʻgʻri boʻladi. Zero, shoirning keyingi…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Qozoqboy Yoʻldosh deganda hamon «bizda adabiy tanqid bor» deb oʻylovchilar dalil uchun barmoq bukib sanashga tush gan payt beshak tilga olinadigan «dinozavr»lardan biri koʻz ol85 dimga keladi. Darhaqiqat, Qozoqboy aka oʻtgan asrning 90-yillari boshlaridan oʻzining adabiy-tanqidiy maqolalari bilan matbuotda faol qatnashib, adabiy-badiiy jarayonga, millat badiiy-estetik didiga sezilarli taʼsir koʻrsatib keladi. Munaqqid eʼlon qilgan adabiy-tanqidiy materiallar – maqola, taqriz, soʻzboshi va…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
(«Tafakkur» jurnali savollariga javob) Oʻqituvchining jamiyatdagi mavqeyi, hurmatini tiklash gʻoyat muhim, albatta, hozir hammaning ogʻzida shu gap ekani ham bejiz emas. Biroq, aslida, masalaning ikkinchi tomoni – hozirda biz aytayotgan maqomga munosib maʼnaviy-axloqiy qiyofaga ega, bolalarga begʻaraz mehr va talabchanlik, yuksak intellektual salohiyat va kasbiga fidoyilikni oʻzida uygʻun mujassam etgan SHAXSni taʼlimga qaytarish masalasi bundan-da muhim va murakkabroq. Negaki oʻtgan yillar…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Jahon hamjamiyatiga kiruvchi turli mamlakatlarning ijtimoiy taraqqiyot darajasi oʻzaro farqli boʻlib, bu milliy adabiyotlar taraqqiy darajasida ham oʻz aksini topadi. Eʼtiborli jihati shuki, umuman, kishilik jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlariga xos ijtimoiy-tarixiy sharoit alohida olingan har bir konkret jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida mohiyatan oʻxshash tarzda takrorlanadi. Shunga bogʻliq holda milliy adabiyotlar taraqqiyotining muayyan bosqichlari ham mohiyatan oʻxshash…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
«Til va adabiyot taʼlimini optimallashtirish oʻzini qanchalik oqlamoqda?» nomli maqolada54 koʻpchiligimizni koʻpdan beri oʻylantirib kelayotgan masala koʻtarilibdiki, buning uchun maqola mualliflariga ham, tahririyatga ham tashakkur. Avvalo, maqolada koʻtarilgan muammolar oʻquv reja-yu dasturlarni ishlab chiqish va tatbiq etishning soʻnggi yillarda qaror topgan tartibi Maʼrifat. 2017 йил 6 декабрь. oʻzini oqlamayotganiga dalolat qiladi. Zero, ushbu muammolar oʻquv reja va dasturlarning soha…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Fransuz adibi Mopassan xalqda mashhur bir gapni biroz oʻzgartirib: «Daho – Parijda oʻlmoq uchun muzofotda tugʻilgan odamdir», – deb aytadi. Bu gapning asli «Shoirlar Provansda tugʻilib, Parijda oʻladilar» shaklida ekani ham maʼlum, bunda endi umuman muzofot emas, balki Fransiyaning tabiati goʻzal viloyati nazarda tutiladi. Nima boʻlganda ham, «markaz – muzofot» qolipida gap ketsayoq beixtiyor shu naql yodga keladi. Holbuki, oʻzimizda ham shunga yaqin matallar toʻqilgan. Masalan, «Baraka – oʻn,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Adabiyotshunoslik ilmi doirasida talqin atamasi «badiiy talqin» tushunchasi maʼnosida ham, «adabiy asar talqini» maʼnosida ham birdek qoʻllanaveradi. Holbuki, bu ikki tushuncha bir-biridan farqlanadi: ularning birinchisi ijod jarayoni bilan, ikkinchisi adabiy asarni oʻqish (uqish) jarayoni bilan bogʻliq.12 Shundan kelib chiqib, masalan, bitta asarga nisbatan qoʻllangan «talqin» istilohlarining bir xil maʼnoda emasligi ham, ularning bir-biridan farqli boʻlishi ham tabiiy va qonuniyat maqomida…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Mustaqillik yillarida badiiy tarjima bobida juda katta ishlar amalga oshirilgani, jahon adabiyotining koʻplab namunalari oʻzbek tiliga oʻgirilgani, muhimi, asliyatdan oʻgirish amaliyoti keng yoyila boshlagani hammamizga maʼlum. Mana, yigirma yildan ziyod vaqt oʻtdiki, «Jahon adabiyoti» jurnali xalqimizga dunyo adib-u shoirlari ijodidan sara namunalarni har oy taqdim etib keladi. Bu yutuqlarni, albatta, qoniqish bilan qayd etish kerak. Ayni paytda, yutuqlarni eʼtirof etarkan, koʻp yillardan beri…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
(OʻzAS gazetasi savollariga javob) 1. Kimdir adabiyotimiz yuksalish pallasida desa, kimdir buning aksini tasdiqlaydi. Sizningcha, qay biri haq va nega? 2. Hozirgi adabiy jarayondagi qaysi muammo sizni eng koʻp tashvishga soladi? Ushbu muammoni bartaraf etishning qanday samarali yoʻlini koʻrsata olasiz? 3. Keyingi paytda zamondosh adiblarimizdan kimlarning kitoblarini oʻqidingiz? Qaysi asar sizga maʼqul keldi-yu, qaysi asardan koʻnglingiz toʻlmadi? Buning sabablari nimada? Mazkur anketa…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
(Birinchi maqola) Oʻz vaqtida V.G.Belinskiy «Yevgeniy Onegin» romanini «rus hayotining ensiklopediyasi» deb atagani kabi, «Oʻtgan kunlar»-ni «oʻzbek hayotining ensiklopediyasi» deyishga toʻla asos borligiga hech bir ziyoli oʻzbek shubha qilmasa kerak. Zero, milliy turmushni, oʻzbekka xos milliy xarakter xususiyatlarini, milliy tafakkur tarzini bu qadar yorqin tasvirlagan ikkinchi bir asarni topish mushkul. Faqat bunday xulosa endilikda isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylanib qolayotgandek…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Abdulla Qodiriyning «Oʻtgan kunlar»da qalamga olingan davrni «tariximizning eng qora, kirlik kunlari» deya taʼriflagani maʼlum-u mashhur. Hukmga shoshganroq odam romanda tasvirlangan «keyingi xon zamonlari»ning bunday taʼriflanishida adibning «zamonasozlik» qilgani yoxud «shoʻro mafkurasi taʼsirini» koʻrsa, ehtimol. Holbuki, bunda na zamonasozlik, na shoʻro mafkurasi taʼsiri bor – Abdulla Qodiriy mansub taraqqiyparvar ziyolilar avlodi mazkur zamonga shunday munosabatda boʻlgan. Jumladan,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Choʻlpon milliy sheʼriyatimizning poetik yangilanishiga qoʻshgan ulkan hissa koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan boʻlsa-da, uning yangi nasrimiz shakllanishi va taraqqiyotida tutgan oʻrni hali yetarlicha ochib berilgan emas. Toʻgʻri, adibning romanchiligimiz badiiy takomiliga qoʻshgan hissasi, nasriy asarlari badiiyatining ayrim qirralari ochib berilgan tadqiqotlar yaraМумтоз сўз, 2015. Каримов Н. Чўлпон қачон туғилган? // Водийнома. 2018. №1. – Б.94 – 95. tildi. Biroq ular Choʻlponning…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Dramatik asar kompozitsiyasi haqidagi gapni uning tashqi qurilishi – tashqi kompozitsiyasidan boshlash maqsadga muvofiq. Negaki, bu nav asarning tashqi qurilishidayoq sahnadagi va sahnadan tashqaridagi unsurlar, yaʼni matnning personajlarga tegishli qismi (asosiy matn) bilan muallifga tegishli qismi (yondosh matn) yaqqol ajralib turadi. Toʻgʻri, asar muallifi, nomi, janri kabi maʼlumotlarning aniq ajralib koʻzga tashlanishi barcha turdagi asarlarga ham xos. Biroq dramada, masalan, bundan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Asar nutq sathidan boshlab to badiiy voqeligi qadar oʻz qurilishi – kompozitsiyasiga ega. Shunga koʻra zamonaviy adabiyotshunoslikda asar qurilishini tadqiq etishda matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi, personajlar sistemasi, badiiy vaqt va zamon, rivoya kompozitsiyasi, nuqtai nazar kompozitsiyasi kabi masalalar diqqat markazida turadi. Sanalgan jihatlarning epik asarlarga xos ekanini koʻrish qiyin emas. Bu tabiiy. Chunki epik, dramatik va lirik turga mansub asarlarning kompozitsiyasi…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Badiiy asardagi shakl komponentlarini mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirish kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. Kompozitsiya (lot., tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning oʻzi boʻlmaydi. Zero, har bir unsur asar butunligida oʻzining funksiyasiga ega, muayyan gʻoyaviy-badiiy yuk tashiydi. Asarda ularning har biri oʻz oʻrnida, meyorida ishlatilishi, butun bilan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
«Donishqishloq latifalari»ning oxiriga «1976 – 1991» sanalari qoʻyilganki, ular turkumning mazmun-mohiyati, gʻoyaviy-badiiy oʻziga xosligiga ishora etib turadi. Albatta, vaqt oʻtish barobari turkumga kirgan sheʼrlarning oʻzlari yozilgan davr bilan aloqasi susayib, oʻz holicha ham estetik qimmat kasb etib borishi tabiiy. Shu bilan birga, «shoir nima demoqchi boʻlganiyu nega shunday demoqchiligini» bilmoqqa qasd qilgan kishi ularga tarixiylik tamoyili asosida yondashsa, savollariga javob topishi…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Lirik asar kompozitsiyasi haqidagi gaplarni ham uning tashqi qurilishidan boshlagan oʻngʻay. Negaki misra va bandlarga boʻlinganlik lirik asarning bamisoli «tashrif qogʻozi», shuning oʻziyoq zavqli oʻquvchida muayyan estetik kutuvni – sheʼr otliq moʻʼjiza bilan uchrashish hayajonini hosil qiladi va u beixtiyor maromga solib oʻqishni boshlaydi. Boshlaboq marom va soʻzlar maʼnosi qoʻshilishidan ohangni topadi, ohang maʼnolarni bir-biriga payvandlab mazmunga aylantiradi. Eʼtibor berilsa, biz,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
XX asrning oʻrtalaridan keyin globallashuv jarayonlarining kuchayishi barobari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot gʻoyat murakkab tus olib bordi. Endilikda olamda «avtonom» holda mavjud boʻla oladigan hech bir narsa – na davlat, na iqtisodiy tizim, na ishlab chiqarish, na madaniyat va na boshqa bir nima – deyarli qolmagani, birda-yarim qolgani ham istasa-istamasa ulkan tizimga integratsiyalanib borayotgani tobora teran his etilib, tan olinmoqda. Zotan, bugungi kun kishisi dunyoning…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Adabiyotning materiali boʻlmish soʻz oʻz holicha ham mazmunga egaligi bilan farqlanadi. Zero, tilimizda mavjud mustaqil soʻzlarning aksariyati voqelikdagi narsa-hodisa, belgi, holat yo harakatni ataydi, anglatadi. Shunday soʻzlardan biri aytilishi bilanoq ongimizda u anglatayotgan narsa-hodisa, belgi, holat yoki harakat haqida umumiy tasavvur hosil boʻladi. Deylik, «uy» deganda, umuman, uyni, yaʼni inson yashashi uchun moʻljallangan binoni tasavvur qilamiz; «bahor» deganda, umuman, tabiatda…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Badiiy nutq milliy til bazasida voqelanadi. Yozuvchi milliy tildan foydalanar ekan, umumodatlanilgan normadan ogʻadi (yaʼni til unsurlarini odatdagidan oʻzga shakl, maʼno, tartib, munosabat va sh.k.larda qoʻllaydi) va bu «ogʻish»dan maʼlum badiiy-estetik maqsadni koʻzlaydi. Bu xil ogʻishlar tilning turli sathlarida – fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Jumladan, leksik sathdagi normadan ogʻish yozuvchining milliy til bazasidagi leksik vositalardan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Islom Karimov fondining Feysbukdagi sahifasida har qanday oʻzbek kishisini, ayniqsa, ziyolisini befarq qoldirmaydigan, quvonchli bir xabar eʼlon qilindi. Unda aytilishicha, «Fond Oʻzbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli oʻzbek adibi Abdulla Qodiriyning «Oʻtgan kunlar» romanining ingliz va fransuz tillariga tarjimasiga bosh-qosh boʻlmoqda». Xabarda yana «milliy maʼnaviy boylikka» aylangan ushbu roman tarjimasi «xorij oʻquvchisini oʻzbek xalqining maʼnaviy olami,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Olti-yetti yoshlar paytim, u paytlar Oʻsh viloyatining Toshkoʻmir shahrida yashardik. Norin boʻyidagi bu shahar konchilar shaharchasi boʻlib, aholisining katta qismini oʻzbeklar, qolgan qismini boshqa millat vakillari (garchi Qirgʻiziston boʻlsa-da, shaharda qirgʻizlar juda kam edi) tashkil qilar, aholi, asosan, koʻmir konida ishlar edi... Xullas, mahalla kattalari «gap» yer edilar. Dadam gap berganida koʻrganman: nuroniy bir odam «Oʻtgan kunlar»-ni oʻqigan, boshqalar someʼ oʻtirganlar. Keyin…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2016 · «Adabiy o'ylar» toʻplamidan
Sheʼr haqida yozishning ajib bir fayzi bor: oʻzini parvozda kabi his qilib, beixtiyor qiyosu tashbehlarga, majozlarga murojaat qila boshlaganini sezmay qoladi kishi. Shundanmi, sheʼr haqida yozilgan narsaning oʻzi ham sheʼr kabi oʻqilishi lozimdek, baʼzan hatto ilmiy uslub obyektni qashshoqlashtirib qoʻyayotgandek tuyulaveradi. Gohi kitob koʻrganingda shoirning besh-toʻrtta sheʼri koʻnglingga chippa yopishadi-da, shahdu shiddat bilan bir narsa qoralab tashlaysan. Soʻng, yozish asnosi toʻngib…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2016 · «Adabiy o'ylar» toʻplamidan
Oʻtgan asr 90-yillaridan boshlab milliy nasrimiz poetik arsenalida badiiy shartlilik salmogʻining keskin ortishi, ramziy-majoziy obrazlar asosiga qurilgan asarlarning koʻpayishi, modernistik izlanishlarning keng koʻlam kasb etishi kuzatiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun O.Muxtor, T.Murod, X.Doʻstmuhammad, N.Eshonqul, Sh.Hamroyev singari koʻplab nosirlarning oʻsha yillardagi ijodiy izlanishlarini eslash kifoya. Mustaqillik davri oʻzbek romani deganimiz, ayonki, 80-yillar romanchiligining…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2016 · «Adabiy o'ylar» toʻplamidan
Gʻafur Gʻulomning 100 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan maqola va tadqiqotlar orasida Baxtiyor Nazarovning “Gʻafur Gʻulom olami” monografiyasi ilmiy salmogʻi bilan alohida oʻrin tutadi. Aytmoqchimanki, uning toʻyona asarlar sirasida emas, adabiyotshunosligimiz metodologiyasini belgilovchi asarlar qatorida koʻrilgani adolatli va ilmiy jihatdan toʻgʻriroq boʻladi. Oʻz-oʻzidan ravshanki, avval shunday xulosaga asos beradigan nuqtalarga toʻxtalish lozim. Eslaysiz, bir vaqtlar “oʻz vaqtida…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2016 · Sharq yulduzi, 2016, №1,- B.138-154 · «Adabiy o'ylar» toʻplamidan
(Poeziyada mantiq, did, axloq va boshqalar xususida) Oʻzingizdan qolar gap yoʻq, soʻng vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yoʻliqqanlar – joʻngina gaplarini ham sheʼrga soladigan, eng yomoni, ularni “sheʼr” deb eʼlon qiladiganlar koʻpaygan. Qarangki, bularning baxtiga ovoz kuchaytirgichu fonogrammalar zamoni kelib, isteʼdodu diddan mosuvo qoʻshiqchilar ham koʻpaygandan koʻpaydi! Oʻxshatmaguncha uchratmas, deganlari shu-da: bular narigilari bitgan maza-matrasiz sheʼrlarni xorijdan oʻgʻirlangan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2016 · «Adabiy o'ylar» toʻplamidan
(“Tafakkur” jurnali savollariga javob) - Otalar va bolalar muammosi, garchi XIX asrga kelibgina ulugʻ rus adibi Ivan Turgenevning dovruqli romani bois oʻziga tayinli nom topgan boʻlsa-da, aslida azaliy masala. Siz yoshingiz nuqtai nazaridan “otalar” safida, kasbingiz taqozosiga koʻra esa “bolalar” davrasidasiz, demak, har ikki toifaning ahvol-ruhiyati sizga kundek ravshan. Ayting-chi, bugun otalar va bolalar muammosi qaysi yangicha qirralari bilan namoyon boʻlayotir? Bir adibimizning naqlicha,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Masala yuzasidan fikrlarimizni badiiy kommunikatsiya birligi sanaluvchi adabiy asarni nutqiy kommunikatsiya birligi boʻlmish gap bilan qiyoslagan holda bayon qilish koʻp jihatdan oʻngʻay koʻrindi. Zero, adabiy asar – eng avval, nutq hodisasi: adabiy asarning yaratuvchisi – nutq irod etayotgan odam, shunga mos tarzda adabiy asarning oʻquvchisi – tinglayotgan odam. Bunday deyishimizga asos, yozmoqning mohiyatan tasavvurdagi oʻquvchiga gapirmoq, oʻqimoq esa tasavvurdagi yozuvchini tinglamoq…
Dilmurod Quronov
Suhbat · 2015 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
(Yozuvchi U.Hamdam bilan suhbat) Ulugʻbek Hamdam: Sir emas, keyingi qariyb yigirma-yigirma besh yil mobaynida davr tubdan oʻzgardi. Bu degani shuki, yangi davrga xos boʻlgan kayfiyat ham paydo boʻldi. Demak, istaymizmi-yoʻqmi, yangilangan kayfiyatni oʻz asarlarida aks ettiruvchi avlod ham voyaga yetgan boʻlishi kerak. Agar shunday boʻlsa, qani ular? Nega “manaman” deya koʻzga tashlanmayapti? Bu gapni yana shuning uchun aytayapmanki, davralarda koʻpincha 70-yillar avlodidan keyin bizda boshqa…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Ulugʻ insonlar yashab oʻtgan yo qay bir sabab bilan ularga aloqador joylarda oʻzgacha fayz, oʻzgacha ruh boʻladi. Buni yurtimizdagi koʻplab aziz qadamjolarni ziyorat qilganda hammamiz ham his qilib koʻrganmiz, albatta. Bobur Mirzoning kindik qoni toʻkilgan yurt sifatida Andijonda ham xuddi shunday fayz, ruh bor. Shukurkim, qutlugʻ farzand bahona shahrimizga yilda bir-ikki bor dunyoning har burchidan fozil insonlar tashrif buyurishi bois bu fayz chandon ortib, ruh yanada yuksalib bormoqda.…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
(“Sharq yulduzi” jurnali savollariga javoblar) 1. Badiiy asar tarbiya vositasimi? Yaxshi kitob ezgulikka, yomoni yovuzlikka yetaklashiga ishonasizmi? Badiiy asar – tarbiya vositasi desak, balki, predmet koʻlamini birmuncha toraytirgandek boʻlarmiz-u, ammo tarbiyaviylik adabiyotning qon-qoniga singgan xususiyat ekani bor gap. Axir, koʻhna Sharq bejiz uni “goʻzal xulqlar” maʼnosini beruvchi “adab” soʻzi bilan atamagan-da! Zero, adabiy asarlar “pandnoma” va yo “didaktik” unvonlariga ega…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Turmushdagi oʻzgarishlar insonni oʻzgartiradimi yo insonning oʻzgarishi turish-turmushimizni? Sezib turibsiz, savol bamisoli “tovuq oldin paydo boʻlganmi yo tuxum?” qabilida qoʻyildi. Yaʼniki, bir-biriga mutlaq zid javob berilgan taqdirda ham har ikki tomon oʻzicha haq boʻlib chiqaveradi. Xususan, “Yangi inson” dostonida Ulugʻbek Hamdam insondagi oʻzgarishlarni urgʻulamoqda, ularni turmushdagi nomaqbul holatlar sababi, istiqbolimizdan bexayr fol deya talqin etmoqda. Aytish kerak,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Yigirma yillar narida, aspirantlar uyidagi adabiy suhbat asnosi gap Muhammad Yusufga taqalganida, suhbatdoshlardan biri uni “qoʻshiqchi shoir” deya mensimayroq tilga oldi, sheʼrlarini havaskor mashq darajasida deb baholadi. U paytlar sheʼriyatimizning ifoda bobidagi yangicha izlanishlariga, xususan, modernistik oqimlarga mahliyo boʻlib yurgan vaqtlarim, bunga eʼtiroz qilmadim, rosti, qay bir darajada oʻzim ham shu fikrga moyil edim. Endi oʻylasam, oʻshanda oʻzimni “sof sanʼat”ni tushunaturgan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · Zulfiya ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Andijon, 2015 yil, 24 aprel · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Yurtimiz tarixida, madaniyatida shunday siymolar borki, ularning nomlari milliy tafakkurimizda muay yan tushunchalarni, mavhumotlarni ifodalovchi belgiga – emblemaga aylanib qolgan. Xuddi mumtoz sheʼriyatda Yusuf alayhissalom nomi «goʻzallik», Ayyub paygʻambar nomi «sabr» belgisiga aylangani kabi. Shunday siymolar qatoriga hech ikkilanmasdan Zulfiyaxonimni ham qoʻshsa boʻladi. Zero, uning nomi milliy tafakkurimizda vafo va sadoqat belgisiga aylangandir. Albatta, bu xalqning Zulfiyaga yuksak…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · Nizomiy n. TDPU Ilmiy axborotlari, 2015, №3 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Soʻnggi yillarda XX asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalari – Choʻlpon, Gʻ.Gʻulom, Oybek, A.Qahhor, H.Olimjon asarlarini yangicha talqin qilish yoʻlida tajriba oʻlaroq yozilgan maqolalarim bahslarga sabab boʻldi. Xususan, H.Olimjonning “Muqanna” dramasi haqida yozganim maqola1 oʻz vaqtida N.Karimov, Gʻ.Moʻminov kabi ustoz adabiyotshunoslarda jiddiy eʼtiroz qoʻzgʻagandi. Albatta, bahs hali tobida paytlar kimdir kaminani yoqlab, kim esa muxolif mavqeda turgani ham tabiiy. Biroq hozir muhimi…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2015 · Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari., Fargʻona, 2015 · «Adabiy o'ylar» toʻplamidan
Mifopoetik tahlil yoki mifopoetik yondashuv adabiy asarda qadimgi miflarning izlarini topish, unda qadim miflarga xos motivlar, arxetiplar qay yoʻsin transformatsiyalangan holda aks etganini koʻrsatib berishni maqsad qiladi. Tarixan bunday yondashuv ildizlari XIX asr Gʻarb adabiyotshunosligida shakllangan mifologik maktabga borib taqaladi. Ushbu maktab vakillari adabiyotning kelib chiqishini miflar bilan bogʻlagan holda mifni inson ijodiy faoliyatining asosiy omili deb tushunadi. Shuning uchun…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2014 · Ilmiy xabarnoma., 2014., №3 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Mulohazalarimizda adabiy asarga xos bittagina, biroq nazdimizda eng muhim jihatdan turtki olamiz. U ham boʻlsa adabiy asarning, eng avval, nutq hodisasi ekanligi. Zero, adabiy asarning yaratuvchisi – nutq irod etayotgan odam, yozmoq – tasavvurdagi (implitsit) oʻquvchiga gapirmoq va aytganlarini soʻzma-soʻz yozuvda aks ettirib bormoq demakdir. Shunga mos holda adabiy asarning oʻquvchisi – tinglayotgan odam, negaki, oʻqimoq ham asli yozuvda manguga muhrlangan nutqni qayta jonlantirish va shu asno…
Dilmurod Quronov
Taqriz · 2014
Hasanxon va Husanxon qorilar tartib bergan “Navoiydan chu topqaylar navoye” nomli kitobda bir qator maqbul jihatlarni koʻrdim. Avvalo, Navoiyning diniy asarlari xos kishilari tomonidan tahlilu talqin qilinayotgani. Buni maqbul deganim shunchaki lutf yoki tuzuvchilar mehnatini qadrlab qoʻyish istagidangina emas, balki ancha chuqurki, muxtasar izoh berish lozim koʻrinadi. Bilasiz, hazrat haqida soʻz ketsa, barcha birdek ul zotning serqirra isteʼdod ekanini aytib tolmaydi-yu, merosi goʻyo bir…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
.... risola ustida ishlarkanman bot-bot rahmatli bobomni esladim: u kishi «bosmachi» oʻtgan, surgunlarda boʻlgan... Bobomning oʻtmishi tufayli men – sovet pionerining koʻnglida ne-ne iztirobu alamlar kechgani oʻzimgagina ayon. Bizga «qora» boʻlib koʻringan oʻtmish oramizda tubsiz jar boʻlib yotardi goʻyo... Rahmatli oʻtmishidan mutlaqo gap ochmas, endi oʻylasam, bizning tushunishdan ojizligimizni anglardi, chamasi... Bugun, Choʻlpon ruhiyatini anglashga intilish asnosi bobomni-da tushungandek…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
«Adabiyot nadir?» nomli maqolasini millatdoshlariga daʼvat oʻlaroq xitoblar bilan yakunlarkan, Choʻlpon «adiblar yetishtiraylik» deya urgʻulab aytadi. Ohangiga qarasak, adiblar yetishtirish yosh shoir nazdida shunchaki dolzarb masalalardan biri emas – hayot-mamot masalasi. Nega shunday? Nega adabiyotining tarixi ming yillarga boʻylaguvchi yosh millatparvar adiblar yetishtirish masalasiga bu qadar katta qimmat beradi? Axir, nazarkarda yurt hech vaqt ahli qalamga tanqislik sezmagan: Choʻlpon shu…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · «Zavqimdan bir shingil» toʻplamidan
(Yozuvchi N.Jaloliddin savollariga javoblar) N.Jaloliddin: Mamlakatimizda kechayotgan bugungi adabiy jarayon haqidagi fikrlaringiz? Sizningcha, milliy adabiyotimiz oʻz salmogʻi va qamrovi jihatidan oldinga ketyaptimi yoki?.. D.Quronov: Nazarimda, bugungi adabiy jarayonning asosiy xususiyati – turfalik. Unda sayoz, oldi-qochdi voqealarga toʻliq yozmalardan tortib to jiddiy badiiy izlanishlar, topilmalarga boy asarlargacha bor. Bu – erkinlik mevasi. Zero, hammani, jumladan, ijod ahlini ham…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · XX asr oʻzbek adabiyoti masalalari. T.: Fan,2012t · «Zavqimdan bir shingil» toʻplamidan
Maʼlumki, mustaqillikka qadar adabiyotshunosligimizda va shundan kelib chiqib adabiyot oʻqitishda davrlashtirish muammosi goʻyo «uzil-kesil hal qilingan», darslik va qoʻllanmalarda ikkita: «Oʻzbek adabiyoti tarixi» va «Oʻzbek sovet adabiyoti» davrlari ajratilar edi, vassalom. Albatta, nafaqat adabiyot, balki umuman insoniyat tarixiga «inqilobgacha – inqilobdan keyin» qolipida qaragan shoʻro fanining bir uzvi boʻlmish adabiyotshunoslik uchun bu ayni ilmiy haqiqat sanalgan. Zero, oʻtgan asr…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Nasib qilgan ekan, «Kunduzsiz kechalar»ning hozirgi Milliy akademik teatrdagi premyerasida boʻlgandim. Mamlakat boʻylab Choʻlpon tavalludining 100 yilligi tantanalari keng nishonlanayotgan palla, shu ruh taʼsiridami yo qariyb oʻn yillardan beri Choʻlpon ijodi bilan shugʻullanib yurganim uchunmi, oʻshanda spektakl menda juda chuqur taassurot qoldirgandi. Albatta, bayramona ruh taʼsirida ayrim nuqsonlarni nazardan qochirgan boʻlishim ham ehtimol. Faqat shundan beri ich-ichimda oʻsha taassurotim…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2012 · Ilmiy xabarnoma 2012 № 3 · «Zavqimdan bir shingil» toʻplamidan
Lirikaning nazariy masalalarini atroflicha oʻrgangan L.Ginzburg bundan qariyb yarim asrlar muqaddam «lirik qahramon» termini oʻzining terminlik xususiyatini yoʻqotganini taʼkidlagan edi. Olimaning fikricha, buning sababi terminning suiisteʼmol qilingani, lirik asarda avtor ongini ifodalashning turli shakllari «lirik qahramon» termini bilan atalaverilgani bilan bogʻliqdir. Keyinroq adabiyotshunos B.Korman olimaning mazkur fikrlarini quvvatlab, lirik qahramon termini «ommaviy adabiyotshunoslik»…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2012 · Sharq yulduzi jurnali 2012, № 6 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Ahmad Aʼzamning ijodiy izlanishlari kaminani hamisha, nima desam ekan, hayratga solib, aniqrogʻi, shoshirib kelgan. Munday qarasang yozganlari oddiy narsalar-u, nimasidir biz koʻnikkan narsalarga oʻxshamaydigandek, ongimizda muqimlashgan nazariy qoidalarga koʻpam mos kelmaydigandek tuyulaveradi. Hozir, yozuvchining «Hali hayot bor» kitobini oʻqib turib, shu tuygʻu yana yangilandi... (...adashmasam, bu tuygʻu dastlab «Odamning olasi» hikoyasini oʻqish asnosi paydo boʻlgandi, shekilli. Sababi,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2011 · ADU. Ilmiy xabarnoma 2011 №4 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Sharhlab oʻqitish taʼlimdagi, jumladan, adabiy taʼlimdagi eng qadimiy va sinalgan usullardan biridir. Qadim yunon faylasuflari Aflotunu Arastularning dialog shaklidagi asarlariga eʼtibor berilsa, shogirdlar bilan jonli suhbatlarning muhokama predmetini sharhlash asosiga qurilganini koʻrish mumkin. Sharq mudarrislari esa diniy yo dunyoviy ilmga oid fundamental xarakterdagi asarni maʼlum vaqt davomida sharhlab tushuntirganlar va shu asosda tolibul ilmlarning bu asarlar mazmun-mohiyatini puxta…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2011 · Sharq yulduzi. – T., 2011, №5 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Ustoz U.Normatov roman haqida «Har bir millat adabiyotining boʻy-basti, darajasi, avvalo, shu janr kamolotiga qarab belgilanadi desam, buni hech kim mubolagʻaga yoʻymaydi», – deb yozadilar. Darhaqiqat, shunday. Biroq bu – bugunning gapi. Oʻz vaqtida esa romanga munosabat, deylik, hozirgi kun didli oʻquvchisining ommaviy adabiyotga, «sariq matbuot» sahifalarida eʼlon qilinadigan bitiklarga munosabati yangligʻ boʻlgan. Shu sabab ham, masalan, italyan adabiyotshunosi Antonio Minturno bundan qariyb…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2011 · Fargʻona, 2011 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
(qaydlar) Badiiy asarni oʻqish – ijodiy jarayon, uni uqish uchun oʻquvchi ijodiy tasavvurini toʻla ishga solishi lozim. Biroq sheʼrni uqish, undan chinakam zavq olish uchun ijodiy tasavvurning oʻzi kam. Negaki, sheʼr – mudom voqe boʻlayotgan nutq, u soʻzlarning oddiygina tizmasi emas. Zero, undagi soʻzlar shoir dil torlaridan taralgan ohangga yoʻgʻrilgan. Bas, sheʼr oʻqilmaydi – tinglanadi, tinlanganda ham «ichki quloq» bilan, «qalb qulogʻi» bilan tinglanadi. Oʻshanda... bir boshdan aytay:…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2011 · Sharq yulduzi. – T., 2011, №5 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
«Jahon adabiyoti» jurnali dunyo adabiyoti, falsafasi, ilm-fanining nodir namunalari bilan tanishtirish orqali millat maʼnaviyatini yuksaltirish, milliy badiiy va ijtimoiy tafakkurini oʻstirishda muhim ahamiyatga ega. Dunyo yuzini koʻrganiga yigirma yil boʻlgan jurnal bu borada koʻp xayrli ishlarni amalga oshirdi. Deganim, jurnal faoliyati ulugʻ ustozlarimiz shunday jurnal tashkil boʻlishini orzulab yurganlarida koʻngillariga tukkan niyatlarni bir-bir roʻyobga chiqarayotirki, buning uchun eng…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2010 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Ezopda bir masal bor: «Zevs hoʻkizni yaratdi, Prometey – odamni, Afina – uyni. Uchalovi kimning ijodi mukammalroq ekanligi masalasida bahslashib qolishdi-da, hakamlikka Momni taklif qilishdi. Ularning ijodini koʻrib, Momning gʻayirligi keldi va dedi: «Zevsning xatosi shuki, hoʻkizning koʻzlari shoxida emas – nimani va qayeriga suzayotganini bilolmaydi; Prometeyning xatosi shuki, odamning yuragi tashida emas, ichida ekan – uning yaxshi yo yomonligini birdan bilib boʻlmaydi; Afina uyni…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2010 · Sharq yulduzi, 2010, №5 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Tanqidchilikdagi adabiy portret istilohi, toʻgʻrirogʻi, uning asosi tasviriy sanʼatdan oʻzlashgani barchaga maʼlum. Tasviriy sanʼatdagi portret kishining musavvir tasavvuridagi aksi – unda prototipning musavvirga ayon boʻlgan mohiyati oniy lahzadagi qiyofasida qotirib qoʻyilgan. Adabiy portret ham shunday, uni oʻqigan oʻquvchi yozuvchini shaxs, ijodkor sifatidagi asosiy chizgilari bilan yaxlit holda tasavvur etadi. Portretni tomosha qilish asnosi tanish qiyofada notanish chizgilarni koʻrgan…
Dilmurod Quronov
So'z boshi · 2010
Odat boʻlib qolgan, Halim Karimga koʻproq “shoir” deya murojaat qilaman. Ehtimol, bu gohi hazil-mutoyiba, gohi kulgandek ham koʻrinar, biroq dilda hamisha uning chin shoirligini iqror qilib kelganman. Menga qolsa, shoir – davralarni sel qilib sheʼr aytgan yo matbuotda paydar-pay sheʼr chiqarib, yaltiroq muqovali kitoblar chop ettirib turgan odam emas, balki, avvalo, atrofida yuz berayotgan voqealarni oʻz koʻnglida kechirayotgan, atrofidagi xushbaxtlar sururiyu baxtsizlar dard-adamini koʻnglida…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2009 · Tafakkur., 2009, №4 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
(Mutolaa mashqi) *** Menga qolsa, buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyni ilhomlantirgan «moziyga qaytib ish koʻrish xayrli» naqlini jamiki kitob javonlariga yozdirib qoʻygan boʻlardim. Zero, boshqa bir ulugʻ adibimiz Abdulla Qahhor aytmoqchi, yaxshi asar qaziga oʻxshaydi, «chaynagan sari mazasi chiqadi». Demak, vaqti-vaqti bilan moziyga – ilgari oʻqilgan kitoblarga qaytib turmoq joiz ekan. Darhaqiqat, «Oʻtgan kunlar»ni har gal varaqlaganda oʻzing uchun nedir yangi narsani topgandek boʻlasan, kishi...…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2009 · Ijodkorning daxlsiz dunyosi. T.,2009 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Ota-bobolarimizdan meros bir hikmat bor: «Ilm istasang oqillar suhbatiga quloq tut...» *** Antik dunyoning Suqrot, Aflotun singari faylasuflari mavjudlikning murakkab muammolarini hal qilish uchun suhbat shaklini maʼqul koʻrganlari bejiz emas. Negaki, tafakkur mohiyatan «ichki suhbat», fikrlamoq – kishining oʻz vujudidagi yana bir «men»i bilan muloqotga kirishmogʻi. Fikrlayotgan odam oʻsha «men»ga nenidir anglatishga, uning eʼtirozlarini qondirishga, uni negadir ishontirishga intiladi... – shu…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2009
Sarlavhaga chiqarilgan Choʻlpon misrasida “Anodin qay kuni tugʻdim, sening ishqing bilan yondim” deya figʻon chekkan xijronzada Mashrab, umuman, Haq ishqini kuylab oʻtgan salaflar anʼanasining taʼsiri yoʻq emas. Biroq mudom “koʻngli yangilik qidirib” yashagan Choʻlpon salaflari faol qoʻllagan “ishq”, “oshiq”, “yor” obrazlariga yangicha maʼno yukladi: uning talqinida “yor” yurt ozodligiyu, “oshiq” erkka tashna koʻngildir... Shoir-da, ozroq mubolagʻa qilmasa boʻlmaydi, dersiz?! Yoʻq, uning “ilk…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2008 · Xurriyat, 2008, 6 fevral · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Togʻay Murodni shaxsan tanish, hamsuhbat boʻlish nasib etmagan, lekin uni yozuvchi sifatida taniganimga xiyla boʻldi. Yozuvchining «Oydinda yurgan odamlar» qissasini oʻqiganimda ismsiz bir taassurot ichida qolganimni eslayman: maza qilib oʻqiganim rost-u, birovga aytib bergudek voqeasi yoʻqdek edi-da!.. Qahramonlari ham binoyidek-u, insho yozganingda «falonchiga oʻxshagim keladi» deydigan emas-da!.. Bu yangligʻ taassurotning sababini keyinroq angladim: adabiyotimiz yangilanayotgan payt ekan,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2007 · Adabiyotimiz fahri., T.,2007 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Ilhomning makoni ... odamda mehr va gʻazab uygʻotadigan hodisa va voqealarning magʻzida... Abdulla Qahhor Yozuvchi Y.Shamsharov Abdulla Qahhor haqidagi xotiralarida poyezddagi hamrohining «Dahshat» hikoyasi toʻgʻrisidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: «Oʻtmishda ayol zoti boshidagi hamma xoʻrlik, musibat goʻyo shu kichik hikoyaga joylab qoʻyilgan. Oʻqiysizu agar koʻnglingizdagi gʻazab, nafrat hissi zarraday boʻlsa, toʻp oʻqiday gumburlab otiladi: oʻsha Olimbek dodxoga, barcha dodxoyu boy,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2007 · Sharq yulduzi, 2007, №1 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
1925 yil «Oʻtgan kunlar» romanining birinchi boʻlimi alohida kitob shaklida chop etilgach, A.Qodiriy nashrdan qoniqmagan va ilova etilgan uzrnomada: «imlosi uch-toʻrtta imlochilarimiz tomonidan tuzatilib ajoyib bir quroq holiga keldi, musahhihlarimizning musohalalari orqasida texnika jihati koʻz koʻrib quloq eshitmagan bir yoʻsinda chiqdi», – deb yozgan edi. Muallif bularning sababini «bosilishi chogʻida oʻzining hozir boʻla olmagʻanligʻi» bilan izohlab, ikkinchi boʻlimning «bunday xatolardan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2006 · OʻzAS, 2006, oktyabr
Professor Sanjar Sodiq keyingi vaqtda matbuotda juda faol qatnashib, oʻzining keskin tanqidiy chiqishlari bilan jamoatchilik eʼtiborini tortib kelmoqda. Albatta, adabiy tanqiddagi printsipiallik, talabchanlik, murosasizlik – bari zarur narsalar. Biroq “printsipial munaqqid” degan “imij”ni hosil qilish uchun faqat kamchiliklar, salbiy jihatlarga urgʻu berish, ijobiy tomonlarni koʻrolmaslik nomaqbul yoʻldir. S.Sodiqning soʻnggi yillarda eʼlon qilingan O.Muxtor, U.Hamdam, H.Umurov asarlari…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2005 · Millatni uygʻotgan adib., T.,2005 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Yozuvchi Chingiz Aytmatov suhbatlaridan birida: «Kishi oʻzi bilmagan, his qilmagan narsalarni yozsa na oʻquvchini ishontira oladi, na yozganlari uni hayajonga soladi», – deydi. Maʼlumki, shu maʼnodagi eʼtirof sal oʻzgacharoq yoʻsinda koʻpchilik ijodkorlar tomonidan aytilgan, qolganlari ham bunga qoʻshilishlari tayin. Zero, bu – «badiiy obrazning materiali voqelik va ijodkor shahsidir» tarzidagi nazariy qoidaning soddaroq, ommaboproq ifodasi. Bu qoida esa, tabiiyki, barcha turdagi, jumladan,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2004 · OʻzAS, 2004 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
«Oʻtgan kunlar» romaniga kiritilgan usta Alim hikoyasi haqida juda koʻp fikr bildirilgan. Umuman, syujet rivojida, undagi qismlarning oʻzaro mantiqiy bogʻlanishida, xalq ogʻzaki ijodi va mumtoz epik traditsiyaga xos «doʻst» timsolining olib kirilishida usta Alim obrazining oʻrni katta ekanligi shubhasiz. Bizni boshqa masala – A.Qodiriydek mutafakkir inson ayricha ahamiyat bilan chizgan ushbu obrazning roman badiiy falsafasini, adibning davr konsepsiyasini ifodalashdagi roli koʻproq…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2004 · Sharq yulduzi, 2004, №2 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Maʼlumki, urushning dastlabki oylaridayoq Oybek «Mahmud Torobiy» dramatik dostonini yozgan, shu asar asosidagi libretto nisbatan tez fursatda sahnalashtirilgan edi. Shunga qaramay, Oybek bu mavzuga yana qaytadi: Hamza teatri uchun «Gʻalvirchi» nomli pyesani, rus adibi A.Deych bilan hamkorlikda «Shit naroda» pyesasini yoza boshlagan. Adabiy davralarda adib Torobiy mavzusida yirikroq asar, ehtimolki, roman yozishni niyat qilgan degan gaplar ham eshitilib turadi. Sirasi, bu fikrda jon borga…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2003 · Oʻzbek filologiyasining dolzarb masalalari, Andijon, 2003 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Sir emas, hozirda Gʻafur Gʻulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning shoʻro yozuvchisi ekanligi, sheʼrlarida shoʻroni kuylagani keladi – xafsalamiz sovigandek boʻladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor «keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi» degan andisha tugʻiladi... Gʻafur Gʻulomning keng ommaga maʼlum va suyuk qissasi – «Shum bola»ga hozirda koʻproq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2003 · Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2003
Hurmatli domla! Avvalo, kaminaning ilmiy izlanishlari haqida aytganingiz iliq gaplar, maqolam haqidagi fikrlaringizni oʻrtoqlashishga fursat topganingiz uchun Sizga behad tashakkur. Domla, maqolam nima uchun Sizda eʼtiroz uygʻotganini xoʻb oʻyladim va shunday toʻxtamga keldimki, bu ikkimizning masalaga yondashishimizda qator farqli nuqtalar borligi bilan izohlanar ekan. Muayyan badiiy asar haqida turli nuqtalardan turib chiqarilgan fikrlarning har biri oʻzicha haq boʻlishi mumkinligini tan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2002 · Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari. Andijon,2002
Shoʻroning totalitar siyosati jamiyatda shaxs maqomini susaytirishga, barchani birdek oʻylatishga qaratildi — oʻzgacha oʻylaydiganlarni moʻychinakdek terib tashladi. Oqibat shu boʻldiki, sheʼriyatdan uning javhari boʻlmish “men” siqib chiqarildi: shoirlarimiz shaklan “men” tilidan soʻzlasalar-da, haqiqatda “biz”ning his-kechinma, oʻy-fikrlarini ifodalay boshladi, — sheʼriyat tussizlandi. 60-yillarga kelib, birmuncha oʻzgargan sharoitda maydonga chiqqan avlod sheʼriyatda “men”ni tiriltirdi,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2002 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Tarix – insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi muhim omillardan biri. Tarixni oʻrgangan sari, kechmish voqea-hodisalar mohiyatini anglagan sari kishining dunyoga nazari teranlashib, atrofida yuz berayotgan hodisalar mohiyatiga yaqinlashib boradi. Tabiiyki, bunday odam kimningdir yetovida yurishi mumkin emas, chunki u oʻz qarashiga, oʻzining anglangan ijtimoiy maqomi va mavqeiga ega boʻladi. Uning jismi erkin boʻlmasligi mumkin, lekin ruhi har vaqt erkin boʻladi. Shundan boʻlsa ehtimol,…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2002 · Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari. Andijon, 2002 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Milliy oʻzlikni anglash hamda anglatishda tarix tuganmas va beqiyos manba ekani maʼlum. Buni yaxshi anglagan jadid maʼrifatchilari tarixga, tarixni bilish va bildirish masalasiga ayricha eʼtibor berganlar. Jadid matbuotidagi chiqishlarda Turkiston tarixini yaratish muammosi bot-bot koʻtarilib, kun tartibidagi eng muhim masalalardan ekani taʼkidlab turilgani ham shundan dalolat beradi. M.Behbudiyning shu xil chiqishlar sirasiga kiruvchi «Turkiston tarixi» kerak» maqolasida oʻqiymiz: «Tarix koʻp…
Dilmurod Quronov
Suhbat · 2001 · Jahon adabiyoti, 2001, № 9
D.Quronov: - Hurmatli domla, mana, XX asr ham poyoniga yetdi. Nihoyalanayotgan asr adabiyotimiz uchun ulkan burilishlar, oʻzgarish, yangilanish davri boʻlganligi shubhasiz. Milliy adabiyotimiz XX asrda yangilanish yoʻliga, jahon adabiyoti taraqqiyotining bosh oʻzaniga oʻtib olganligi maʼlum. Asr sarhisobi boshlangan ekan, adabiyotshunoslik oldida milliy adabiyotimizning tarqqiyot yoʻlini tadqiq etish, undagi burilishlar, rivojlanish va depsanishlarning ildizlarini ochib berish vazifasi…
Dilmurod Quronov
Maqola · 1996 · Tafakkur. 1996, N4 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Keyingi yillar oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida markaziy oʻrinni tutib kelayotgan muammo – shoʻro davrida yaratilgan adabiyotga munosabat masalasi boʻlib qolayotir. Turli-tuman, koʻpincha bir-biriga tamomila zid qarashlarni maydonga chiqarayotgan bu muammo «uzoq yillar hukm surib kelgan vulgar sotsiologizm aqidalariga, mafkuraviy-siyosiy yondoshishga qarshi reaksiya, aks taʼsir koʻrinishi»2 sifatida yuzaga kelayotgani ham ayon haqiqatdir. Yoʻq, biz turli-tumanlikni qoralash…
Dilmurod Quronov
Maqola · 1995 · Vatan, 1995 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Koʻpchiligimizni oʻylatib, adabiy davralarda turli bahslarga sabab boʻlayotgan, biroq uzil-kesil bir tarafga hal etilishi mahol boʻlgan muammolar tahliliga bagʻishlangan maqolalar matbuotimizda, koʻp boʻlmasa-da, eʼlon qilinib turibdi. Shubhasiz, bunday maqolalar juda katta ahamiyatga molik. Zero, oʻquvchini befarq qoldirmaydi: oʻylashga, munosabat bildirishga undaydi – alal-oqibat tafakkurimizni boyitadi. Suvon Meliyevning «Mehr sehri»1 nomli maqolasi, fikrimizcha, ayni shunday chiqishlardan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 1991 · Yoshlik, 1991, № 6, B.28-32
Badiiy asar faqat badiiyat mezonlaridan kelib chiqib baholanishi lozim degan fikr keyingi vaqtda bot-bot uchramoqda. Albatta, bosh mezon badiiylik boʻlishi kerak, lekin masalani bu qadar keskin qoʻyish yana biryoqlamalikka olib kelmasmikin? Mazkur fikr uzoq vaqtlardan beri badiiy asarning mafkuraviy jihatini ustun qoʻyib baholash amaliyotga «aks taʼsir» sifatida yuzaga kelgani ravshan. Eskidan qolgan gap boʻlsa-da, takrorlash joiz: badiiy ham gʻoyaviy tahlil — bir olmaning ikki pallasi,…
Dilmurod Quronov
Asar · 1988 · 1988, № 6
— Hech kim dunyoga ustun boʻlgan emas! Hammayam oʻladi — yaratganning irodasi shu... Bu gapni eshitib, taʼziyaga aytib kelgan nabira shamday qotdi. Uni hayron qoldirgan Xalil bobo aytgan haqiqat emas, balki gap ohangidagi behurmatlik edi. Birodari oʻlimini eshitib chol hatto qilt etmadi, hech vaqo boʻlmagandek, yumushini qilaverdi. Nabira bu chol bilan bobosining gapi qochganligini bilar, lekin shunga shuncha qahr qilar deb oʻylamagan edi. Bir xayol cholning obroʻyini toʻksam — basharasiga…
Bahodir Rahmonov
Olim haqida
Umrni yoʻlga oʻxshatishadi. Demak, tugʻilishdan boshlanadi bu yoʻl. Lekin shunday insonlar borki, boshqalardan farqli oʻlaroq yoʻldan yoʻl axtaradilar, yaʼni ezgulik yoʻlini. Sof qalb va oʻtkir ongu shuuri bilan nihoyat, oʻz ketar yoʻllarini topa biladilar. Ertakdagi kenja botir kabi bir umr bu yoʻldagi mashaqqatlarni yengib boraveradilar. Taqdir deb atalmish bu yoʻldan umrga mazmun topadilar. Olloh bergan qobiliyatni ezgulik sari yoʻnaltira oladilar. Bu mening hamkasb doʻstim, taniqli olim…
Dilmurod Quronov
Suhbat
Choʻlpon nomi qaytarila boshlanganidan soʻng u haqdagi ilk maqola 1987 yilda eʼlon qilingan edi. Shunga ham, mana, 20 yildan oshdi. Oʻtgan yillar mobaynida Choʻlpon haqida yuzlab maqolalar, oʻnlab kitoblar eʼlon qilindi. Hozirda oʻzbek adabiyoti haqida gap ketsaki, daromadida Choʻlpon nomi albatta tilga olinadi. Mana, bugun Siz bilan biz ham Choʻlponni yod etish uchun ertalabdan uning nomidagi boqqa yigʻildik, haykali poyiga gullar qoʻydik, ruhiga duolar qildik. Bir paytlari shivirlab,…
Dilmurod Quronov
Biografiya
1960 yilda Oʻsh viloyatida tugʻilgan. 1987 yilda Andijon Davlat tillar pedagogika institutini «Rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi» ixtisosi boʻyicha imtiyozli tamomlagan. Olim adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bagʻishlangan ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra Oʻzbekiston Milliy universitetida 1993 yili «Choʻlponning «Kecha va kunduz» romanida xarakterlar psixologizmi» mavzusida nomzodlik va 1998 yili «Choʻlpon poetikasi (nasriy asarlari asosida)” mavzusida…
Dilmurod Quronov
Maqola
Ustoz Umarali Normatov haqida soСz borarkan gapni u kishi qariyb chorak asr boshqargan OТzMUning hozirgi oСzbek adabiyoti kafedrasidan, unga nisbatan chuqur minnatdorlik va ehtiromim izxoridan boshlagim keladi. Zero, bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom lozim. Men esa bundan oСn yil ilgari ilmiy ish qilish niyati-la poytaxtga borib, olti yil shu dargoh tuzini totdim...- har qancha ehtiromim boСlsa ozdek koСrinadi. Bir shogird sifatida shu dargohdan - laborant Mastura opadan …
Dilmurod Quronov
Taqriz
Soʻnggi besh yil davomida A.Rasulovning “Tanqid, talqin, baholash”, “Badiiylik – bezavol yangilik”, “Betakror oʻzlik” nomli salmoqli kitoblari peshma-pesh adabiy jamoatchilikka taqdim etildi. Ular bilan tanisharkan, istiqlol barcha sohalarda boʻlgani kabi adabiy tanqidchilikda ham yangi sahifa ochganiga amin boʻladi kishi. Negaki, ulardan joy olgan maqolalarda gap joriy adabiy jarayon haqida ketadimi yo yaqin oʻtmish adabiy merosi haqidami, muayyan bir ijodkor faoliyati yoritiladimi yo…
Dilmurod Quronov
Maqola
УBoqiy darbadarФning janrini muallif roman deb belgilabdi. Ehtimol, ayni hol didi anТanaviy romanlar ruhida tarbiyat topgan oСquvchida eТtiroz uygСotar ham. Axir, bunda yaxlit bir voqea boСlmasa, koСp planli syujet asosida voqelikning keng epik manzarasi tasvirlanmagan boСlsa, markazida qahramon turmasa... Ц nimasi roman?!.. Jahon adabiyoti tajribalaridan, xususan, GТarbda yarim asrlar ilgari boshlangan Уyangi romanФ bobidagi izlanishlardan ozmi-koСpmi xabardor oСquvchida eТtiroz tugСilmasayam…
Qozoqboy Yoʻldosh
Olim haqida
Dunyo tamadduniga nazar tashlansa, chinakam Shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishda hamisha maʼlum kemtikliklar boʻlgan. Shu oʻrinda jamoaviy oʻyin — gʻalabaga kafolat qoidasi esa nainki sportda, balki adabiyotshunoslikda ham bir qadar koʻrinib qoldi. Badiiy adabiyotga yondashuvlar farqlandi. Avvalgiday adabiyotshunoslik fani “sanitar” vazifasini oʻtamay qoʻygandek. Demak, bir xossali individlardan emas, balki turli xususiyatlarga ega boʻlgan murakkab tarkibli geterogen shaxsiyatlardan tashkil…
Dilmurod Quronov
So'z boshi
Tavalludining 100 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanayotgan Abdulla Qahhor benazir isteʼdod sohibi, betakror qalami bilan adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan, biz va bizdan keyingi avlodlarga asrlarga boʻy bermaydigan qator asarlarni qoldirgan soʻz sanʼatkoridir. Abdulla Qahhorning buyukligini taʼmin etgan ikkinchi jihati — faol shaxs ekanligi, umrini millat taqdiri, uning ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy taraqqiyoti haqida qay\urib, yonib yashaganidir. Ayni shu xususiyati…
Dilmurod Quronov
Maqola (ingliz tilida)
Annotation. This article was published in Uzbek in 2004 in the newspaper “O`zbekiston adabiyoti va san’ati” (The Literature and Art of Uzbekistan). The article compares the images of Otabek and Master Alim in the novel “The Days Gone By” by Uzbek writer Abdulla Qodiriy. The importance of these images in expressing the novel’s artistic philosophy and the writer’s concept of the epoch is revealed. The author of the article substantiates the fact that A. Qodiriy, observing the changes in the Uzbek…
Dilmurod Quronov
Taqriz
Asli “Mehr qolur muhabbat qolur” nomli kitobga taqriz yozishga chogʻlanib oʻtirganman-u, fikrim uning dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan odamga ogʻib ketaveradi. Yaʼni Muhammad Yusuf haqidagi maqolalar, xotiralar jamlangan ushbu kitobni shoir xotirasiga shahrimizda oʻtkaziluvchi tantanalarga tayyorlashni niyat qilgan va yugurib-yelib shu niyatini roʻyobga chiqargan Bahodir Andijoniyga... Bahodir aka bilan shu yil 14 fevralda – Bobur tavallud kuni Bogʻishamolda oʻtkazilgan tadbirda tanishdim.…
Dilmurod Quronov
Suhbat
Abdulla Oripov bundan 30-35 yillar avval yozilgan “Nekrasov hasrati” nomli sheʼrida: deb yozgan edi. Garchi bu soʻzlar Nekrasov tilidan aytilgan boʻlsa-da, aslida shoirning oʻz dil izhori. Negaki, koʻhna Sharq, xususan, Turkiston zamini har vaqt isteʼdodlarga boy, uning nazm osmoni yulduzlarga toʻliq boʻlgan. Avvalo, shuncha shoir salobati bosib turgan bir chogʻda qoʻlga qalam olib, shoirlik daʼvosi bilan chiqishning oʻzi — jasorat. Masalaning boshqa bir tomoni ham bor: koʻpchiligimiz, xususan,…