← Dilmurod Quronov
|

Soʻz boshi oʻrnida

Dilmurod Quronov

So'z boshi

Tavalludining 100 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanayotgan Abdulla Qahhor benazir isteʼdod sohibi, betakror qalami bilan adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan, biz va bizdan keyingi avlodlarga asrlarga boʻy bermaydigan qator asarlarni qoldirgan soʻz sanʼatkoridir. Abdulla Qahhorning buyukligini taʼmin etgan ikkinchi jihati — faol shaxs ekanligi, umrini millat taqdiri, uning ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy taraqqiyoti haqida qay\urib, yonib yashaganidir. Ayni shu xususiyati 50-yillarning oʻrtalaridan umrining oxirigacha boʻlgan faoliyatida adibni «millatning vijdoni» maqomiga koʻtardi. Adibning yuksak ehtirom, eʼzozga sazovorligi shu ikki jihat — ulkan isteʼdod va faol shaxslikni oʻzida uygʻun mujassam eta bilganidandir.

Qoʻlingizdagi toʻplamga Abdulla Qahhorni, u yashab ijod qilgan davrni, uni qiynagan muammolarni faqat bilvosita — yo kattalardan eshitib, yo kitoblaru matbuot nashrlaridan oʻqib, yo kinoyu teatr tomoshalarida koʻrib bilgan avlodning maqolalari jamlangan. Ularning aksariyati oʻz fikrlarini ilk bor chop ettirish, oʻzgalar hukmiga havola etishga jurʼat etganlar. Albatta, ilk izlanishlarda qiyomiga yetmagan oʻrinlar, yetarli dalillanmagan fikr-xulosalar, ifodadagi qusurlarning boʻlishi tabiiy. Lekin bir narsa aniqki, ularning qoʻliga qalam tutqazgan narsa — Abdulla Qahhor ijodiy merosi va xotirasiga, umuman, soʻz sanʼatiga be\araz mehrdir. Umid qilamizki, shuni hisobga olib, ziyrak oʻquvchi nigohidan qochib qutulmagan kamchiliklarni maʼzur tutadi va biz singari bular ertangi kun oʻzbek adabiyotshunosligining ulkan muammolarini hal qilish yoʻlidagi ilk qadam degan umidda qoladi.

Dilmurod Quronov