← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Abjad hisobi

Abjad hisobi – arab alifbosidagi harflarning har biri maʼlum songa tengligi asosida yuritiluvchi hisob. Yaʼni arab harflarining har biri alifbo tartibida maʼlum sonni ifodalaydi. Oson eslab qolinishi uchun sonlarni ifodalayotgan harflarni qatʼiy alifbo tartibida biriktirish orqali sakkizta sunʼiy soʻz hosil qilingan boʻlib, ular hech qanday lugʻaviy maʼnoga ega emas: abjad (ابجد), havvaz(هؤز), hutti (حطئ), kalaman (كلمن), saʼfas (سعفص), qarashat (قرشت), saxxaz (ثخذ), zazagʻ (ضظغ). A.h. atamasi mazkur soʻzlarning birinchisi nomidan kelib chiqqan. Shu sakkiz soʻz tarkibidagi qisqa unlilar istisno qilinsa, qolgan harflar 1 dan 1000 gacha boʻlgan sonlarni bildiradi (bu oʻrinda oʻzbek alifbosidagi “t”, “s”, “h”, “z” harflarining arab alifbosida turli koʻrinishlari mavjudligini hisobga olish kerak):

Sunʼiy soʻzHarf nomiHarf ShakliSonSunʼiy soʻzHarf NomiHarf shakliSon
AbjadAlifا1SaʼfasSinس60
Beب2Aynع70
Jimج3Foف80
Dolد4Seص90
HavvazHoi havvazه5QarashatQofق100
Vovو6Reر200
Zaynز7Shinش300
HuttiHoi huttiح8Teت400
Toط9SaxxazSodث500
Yoي10Xoخ600
KalamanKofك20Zolذ700
Lomل30ZazagʻZodض800
Mimم40Zeظ900
Nunن50Gʻaynغ1000

Sharq mumtoz sheʼriyatida A.h.dan u yoki bu voqea-hodisaning yuz berish vaqtini qayd etish (q. taʼrix), sheʼrda turli soʻz oʻyinlarini yuzaga keltirish kabi maqsadlarda samarali foydalanilgan. Shuningdek, A.h. imkoniyatlari chiston (q.), muammo (q.) kabi sheʼriy boshqotirma janrlarida ham keng istifoda etilgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish