← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Avtopsixologik lirika

Avtopsixologik lirika – lirikaning subyektiv tashkillanishiga koʻra koʻrinishi, ijroviy lirikaga (q.) zidlagan holda farqlanuvchi lirik kechinma bevosita shoir tilidan ifoda etilgan sheʼr. Mutaxassislar lirika aksar hollarda avtopsixologik boʻlishi, ayni chogʻda, lirik qahramon bilan biografik shoir doim ham bir-biriga teng emasligini taʼkidlaydilar (q. lirik qahramon).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish