← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Giperbola

Giperbola (yun. hiperbole – oʻta kattalashtirish, boʻrttirish) – tasvirlanayotgan narsa yoki hodisaning u yoki bu jihatini oʻta boʻrttirish, kattalashtirish asosiga qurilgan badiiy usul, stilistik figura; koʻproq xalq ogʻzaki ijodi, romantizm sheʼriyati, satirik asarlarga xos (q. mubolagʻa).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish