← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Gotik roman

Gotik roman – XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmida Yevropa va Amerika adabiyotlarida ommalashgan tematik jihatdan farqlanuvchi roman turi. G.r.lar gʻayrioddiy, dahshat va sirlarga toʻliq voqealarni qalamga olishi bilan xarakterlanadi. Mutaxassislar G.r. maʼrifatchilik romanlariga xos ratsionalizmning ziddi oʻlaroq maydonga chiqqani, badiiy adabiyot taraqqiyotida romantizmoldi hodisasi sifatida voqe boʻlgani hamda Yevropa va Amerika adabiyotlarida romantizmning qaror topishiga sezilarli taʼsir qilganini taʼkidlaydilar. G.r.ning asoschilari va yirik namoyandalari sifatida ingliz adiblari X.Uolpol, A.Radklif, M.Lyuis, fransuz adibi J.Kazotlar eʼtirof etiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish