← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Istidrok

Istidrok (ar. استدراك – anglamoq) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, hajv yoʻli bilan biror fikrni aytib, soʻng undan kechganday, hajvni madhga aylantirish. Buning mohiyati shundan iboratki, goʻyo shoir avval oʻzi bilmay yoʻl qoʻygan xatosini, keltirgan notoʻgʻri tashbehini anglab, soʻng xatoni toʻgʻrilash uchun undan kuchliroq tashbeh keltiradi. Ayni shu jihati bilan I. rujuʼga yaqin turadi, shuning uchun ham ilmi badiʼga oid ayrim manbalarda unga rujuʼ(q.)ning bir koʻrinishi sifatida qaraladi. Ularning farqi shundan iboratki, I.da avvalgi fikrning hajv yoʻli bilan aytilishi shart qilinadi. Shu tufayli ham koʻpchilik allomalar (mas., Rashididdin Vatvot) I. qoʻllangan oʻrinlarda “oʻquvchi yoki tinglovchi keltirilgan hajv bilan chalgʻib, keyingi tashbehdan lazzat topa olmaydi”, degan vaj bilan uni maʼqul koʻrmaganlar.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish