← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Istifhom

Istifhom (ar. استفهام – soʻramoq) – insho yoʻllaridan biri, fikrni ifodalash usuli, oʻy-fikr, his-tuygʻu, kechinmalarning savol shaklida bayon etilishi. I.da savol berishdan maqsad biror noaniq narsaga aniqlik kiritish emas, balki soʻroq shaklida chiroyli tashbeh qoʻllash, oʻz kechinmalarini bayon etish, hayotiy xulosalarini aytishdir. Boshqa tomoni, tajohuli orif (q.)dan farqli ravishda, I.dagi soʻroq ritorik xarakterda boʻlmaydi, yaʼni u mazmunan soʻroq gapdir. Mas., Lutfiyning:

Koʻkardi chaman, guluzorim qani?

Sihi sarv boʻyluq nigorim qani? –

baytidagi savol orqali hukm ifodalanayotgani yoʻq, balki savol shaklida maʼshuqa tavsif etilmoqda va shu orqali lirik qahramon dilidagi hijron, sogʻinch hislari ifodalanmoqda.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish