Izometriya (yun. isometria – teng oʻlchovlilik) – sheʼriy nutqni tashkil qiluvchi boʻlak (misra)larning teng oʻlchovliligi. I. tufayli sheʼrdagi nutqiy boʻlaklarning har biri talaffuzda ajraladi va shuning hisobiga ritmiklik yaqqol his etiladi. I. metrik sheʼr tizimida ritmik boʻlaklar talaffuz vaqtining tengligi (izoxronizm), sillabik sheʼr tizimida boʻgʻinlar sonining tengligi (izosillabizm), tonik sheʼriyatda esa urgʻular miqdorining tengligi (izotonizm) hisobiga taʼminlanadi.
Изометрия (юн. isometria – тенг ўлчовлилик) – шеърий нутқни ташкил қилувчи бўлак (мисра)ларнинг тенг ўлчовлилиги. И. туфайли шеърдаги нутқий бўлакларнинг ҳар бири талаффузда ажралади ва шунинг ҳисобига ритмиклик яққол ҳис этилади. И. метрик шеър тизимида ритмик бўлаклар талаффуз вақтининг тенглиги (изохронизм), силлабик шеър тизимида бўғинлар сонининг тенглиги (изосиллабизм), тоник шеъриятда эса урғулар миқдорининг тенглиги (изотонизм) ҳисобига таъминланади.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.