← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Izdivoj

Izdivoj (ar. ازدواج – juftlashmoq, uylanish) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼatlardan biri, bayt misrasida ikki yoki undan ortiq soʻzning yonma-yon yoki bir-biriga yaqin holda ohangdosh (oʻzaro qofiyadosh) boʻlib kelishi. Manbalarda I.ni tazmini muzdavaj deb ham ataydilar. Mas., Nodiraning:

Qilmagʻil zinhor izhor ehtiyoj,

Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj, –

baytida “zinhor” va “izhor” soʻzlarining yonma-yon kelib oʻzaro ohangdosh boʻlishi I.ni yuzaga chiqarmoqda.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish