← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Lakonizm

Lakonizm (yun. lakonismos – lakonikacha) – fikrni ixcham shaklda, loʻnda va aniq ifodalash. Bu xususiyat antik Yunonistonning Lakoniya viloyati hududida joylashgan Spartada yuksak qadrlangan, spartaliklar oz soʻz bilan koʻp maʼno ifodalashga intilishgan, shu bilan bogʻliq holda “lakonikacha nutq”, “lakonizm” tushunchalari ommalashgan. L. aforistika, maqol va matallar uchun muhim, aytish mumkinki, belgilovchi xususiyat sanaladi. Shuningdek, L. termini ayrim ijodkorlar uslubiga xos xususiyat maʼnosida ham ishlatiladi. Mas., baʼzan A.Qahhor uslubi haqida gap borganda, undagi oʻziga xos jumla qurilishi, siqiqlikni nazarda tutib, L. termini qoʻllanadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish