← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Maksima

Maksima (lot. maxima regula – oliy tamoyil) – aforistika janrlaridan biri, mustaqil janr sifatida XVIII asr Yevropa adabiyotida keng isteʼmolda boʻlgan; bu davrda yashab ijod etgan qator yozuvchi, olim va faylasuflar (F. de Laroshfuko, I.Gyote, B.Paskal, A.Shopengauer va b.) qalamiga mansub M.lar mashhur boʻlgan. M.larda maʼnaviy-axloqiy masalalarga taalluqli qoidalar qatʼiy ifoda etilib, ularga qoʻshilish yo amal qilish lozim boʻladi. Ifodadagi qatʼiyat, maʼlum normalarni ishlab chiqish, universallik daʼvosi M.larning ayni shu davrda, yaʼni klassitsizm davrida faollashgani bilan bogʻliqdir.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish