← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Manbashunoslik

Manbashunoslik, adabiy manbashunoslik – adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri. M. adabiyotga taalluqli manbalar (asar qoʻlyozmalari, qoralamalari, ijodkorlarning kundaliklari, yozishmalari, ularning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq hujjatlar va b.)ni izlab topish, tavsiflash, tasniflash va muayyan tartibga solish, ilmiy muomalaga kiritish hamda tadqiq etish bilan shugʻullanadi, bu ishlarni amalga oshirishning nazariy tamoyillarini ishlab chiqadi va amalda qoʻllaydi. M. faoliyati adabiyot tarixi va matnshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish