← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Mazhabi kalomiy

Mazhabi kalomiy (ar. مذهب كلامي – daxldorlik, aloqadorlik) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, shoirning oʻz fikrini haqiqiy, hayotiy dalil bilan xulosalashi. M.k.da keltirilayotgan dalil husni taʼlildagi (q.) kabi shunchaki shoirona, toʻqima boʻlmasdan, haqiqiy, hayotiy boʻlmogʻi va uning keltirilishi natijasida sheʼr oʻziga xos hikmat darajasiga koʻtarilishi talab etiladi. Mas., Pahlavon Mahmudning:

Uch yuz Koʻhi Kofni kelida tuymoq,

Dil qonidan bermoq falakka boʻyoq,

Yoinki bir asr zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq, –

ruboiysi M.k.ga yaxshi misol boʻla oladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish