Nasr (ar. نثر – tizilmagan, tarqoq, sochma) – badiiy nutq shakllaridan biri, sochma; prozaik nutq (q. badiiy nutq). Muomala amaliyotda umuman badiiy proza, N.da bitilgan asarlar jami maʼnosida, proza terminiga sinonim sifatida ham qoʻllanadi. Termin ikkala maʼnoda ham faol ishlatiladi.
Наср (ар. نثر – тизилмаган, тарқоқ, сочма) – бадиий нутқ шаклларидан бири, сочма; прозаик нутқ (қ. бадиий нутқ). Муомала амалиётда умуман бадиий проза, Н.да битилган асарлар жами маъносида, проза терминига синоним сифатида ҳам қўлланади. Термин иккала маънода ҳам фаол ишлатилади.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.