← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Retardatsiya

Retardatsiya (lot. retardation – sekinlashtirish, tutib turish) – epik asarlarga xos syujet-kompozitsion usul, voqealar haqida hikoya qilishni, syujet rivojini sekinlatish. R. asarga syujetdan tashqari elementlar (lirik chekinishlar, mufassal portret, peyzaj tasviri, personaj xarakteristikasini berish, personajning oʻtmishi haqida hikoya qilish, kiritma hikoyalar, rivoyat va sh.k.lar)ni kiritish orqali amalga oshadi. Mas., “Mehrobdan chayon”ning boshlanishida shu usulda har bir personaj haqida tafsilotlar beriladi, natijada Solih mahdum asarning boshida buyurgan manti 17-bobga borib yeyiladi, yaʼni asosiy voqeaning hikoya qilinishi sekinlashtiriladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish