Replika (fr. replique – javob, eʼtiroz) – dialogning nutq subyekti almashishi bilan chegaralanuvchi qismi, bitta nutq subyekti tomonidan aytilgan nutq boʻlagi. Hajm jihatidan R. chegaralangan emas: u birgina tovush, soʻz, soʻz birikmasi, bitta gap yoki bir-biriga bogʻliq bir necha gapdan iborat boʻlishi mumkin. Shuningdek, dialog ishtirokchilaridan birining boshqasiga javoban jim qolishi (bu yozuvda koʻp nuqta bilan ifodalanadi) ham R.dir, chunki u shaklan nolga teng boʻlsa-da, hamisha mazmunga ega boʻladi.
Реплика (фр. replique – жавоб, эътироз) – диалогнинг нутқ субъекти алмашиши билан чегараланувчи қисми, битта нутқ субъекти томонидан айтилган нутқ бўлаги. Ҳажм жиҳатидан Р. чегараланган эмас: у биргина товуш, сўз, сўз бирикмаси, битта гап ёки бир-бирига боғлиқ бир неча гапдан иборат бўлиши мумкин. Шунингдек, диалог иштирокчиларидан бирининг бошқасига жавобан жим қолиши (бу ёзувда кўп нуқта билан ифодаланади) ҳам Р.дир, чунки у шаклан нолга тенг бўлса-да, ҳамиша мазмунга эга бўлади.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.