← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Sabab

Sabab (ar. سبب – chodirning arqoni) – sokin va mutaharrik harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil boʻluvchi ritmik birlik, juzv (q.). Harflarning qay tartibda birikishidan kelib chiqib, S.ning ikki turi farqlanadi: S.i hafif (yoki yengil S.) va S.i saqiyl (yoki ogʻir S.). Bitta mutaharrikka bir sokin harfning qoʻshilishidan S.i hafif hosil boʻladi: “gul”, “koʻz”, “qad” kabi soʻzlar shu vaznga mos. Mas., “gul”: mutaharrik (gu) + sokin (l). Ikkita mutaharrik harfning qoʻshilishidan S.i saqiyl (talaffuzi S.i hafifga nisbatan qiyinroq ekani uchun shunday nomlanadi) hosil boʻladi: “gala”, “sana”, “bila” kabi soʻzlar shu vaznga mos. Mas., “bila”: mutaharrik (bi) + mutaharrik (la).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish