← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Sheʼr

Sheʼr – 1) muayyan oʻlchov asosidagi ritmga ega nutq shakli, nazm; 2) sheʼriy yoʻlda yozilgan kichik hajmli asar, lirik sheʼr. Bu maʼnoda Sh. termini keng qoʻllanib, janridan qatʼi nazar, har qanday lirik asarni bildiradi va ularni sheʼriy yoʻlda yozilgan boshqa asarlar (doston, sheʼriy drama, sheʼriy roman va h.)dan farqlaydi. Umuman olganda, terminning mazkur maʼnoda qoʻllanishi Sh. soʻzining etimologik (lirika, poeziya) maʼnosiga koʻproq mos keladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish