← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tafreʼ

Tafreʼ (ar. تفرع – tarmoqlanish, shoxlash) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, real narsa-hodisa, holat kabilarni inkor qilgan holda, boshqa narsa-hodisa, holatga oʻxshatish. Mohiyatan, T. husni taʼlil (q.) sanʼatiga juda yaqin turadi. Ularning farqi shundan iboratki, husni taʼlilda shoir tabiiy holatga notabiiy, shoirona sabab koʻrsatishga harakat qiladi, T.da esa bir narsani boshqa bir narsa sifatida koʻrsatib, shu holatni isbotlashga urinadi, boshqacha aytsak, shoir oʻz fikrida qatʼiy turib oladi. Mas., Navoiy mashhur:

Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi oʻt,

Yoʻq shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi oʻt, –

baytida xuddi shunday yoʻl tutadi: keng lolazor va qizarib turgan ufqni “koʻrinib turgan kenglik lolazor emas, mening ohimdan jahonga oʻt tushdi va shuning uchun u qip-qizil olov ichida qoldi, koʻkda qizarib koʻrinayotgan narsa ham shafaq emas, oʻsha ohimdan jahonga tushgan oʻt endi bir tarafdan koʻkka oʻrlamoqda”, deydi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish