Taʼriz (ar. تعريض – kinoya bilan soʻzlash, eʼtiroz bildirish) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, biror kishini olqish soʻzlar, dabdabali maqtov orqali hajv qilish. Yaʼni zohiran shoir birovni maqtayotganday koʻrinsa-da, asl muddao uning kirdikorlarini fosh qilish, kesatish, kinoya boʻladi. Mas., Zavqiyning:
Hoʻqandlik, andijonlik, Oʻrotepa mardumin
Bir kurashda yiqitti, polvon ekan Bekturboy, –
baytida Bekturboy (Viktor) bir qarashda polvon sifati bilan maqtalayotganday koʻrinsa-da, aslida hoʻqandlik, andijonlik, oʻratepalik savdogarlarni boplab aldab ketgan firibgar sifatida taʼriflanadi.
Таъриз (ар. تعريض – киноя билан сўзлаш, эътироз билдириш) – мумтоз адабиётдаги шеърий санъат, бирор кишини олқиш сўзлар, дабдабали мақтов орқали ҳажв қилиш. Яъни зоҳиран шоир бировни мақтаётгандай кўринса-да, асл муддао унинг кирдикорларини фош қилиш, кесатиш, киноя бўлади. Мас., Завқийнинг:
Ҳўқандлик, андижонлик, Ўротепа мардумин
Бир курашда йиқитти, полвон экан Бектурбой, –
байтида Бектурбой (Виктор) бир қарашда полвон сифати билан мақталаётгандай кўринса-да, аслида ҳўқандлик, андижонлик, ўратепалик савдогарларни боплаб алдаб кетган фирибгар сифатида таърифланади.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.