← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tavil

Tavil (ar. طويل – uzun) – aruz bahrlaridan biri, arab nazmidagi eng uzun vaznli bahr boʻlgani uchun shunday nomlanadi. Faulan (V– –) va mafoiylun (V– – –) asllarining ketma-ket takroridan hosil boʻladi. T. arab sheʼriyatiga xos bahr boʻlib, forsiy va turkiy sheʼriyatda deyarli qoʻllanmagan. Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida T. bahrining birgina vazni, Boburning “Muxtasar”ida esa olti vazni misollar bilan keltirilgan. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi uch sheʼr tavili musammani solim (v – – / v – – – / v– – / v– – –) vaznida yaratilgan boʻlib, ulardan birining matlaʼsi quyidagicha:

Yuzungdek qamar yoʻqtur, qadingdek shajar yoʻqtur,

Shajar boʻlsa ham anda, labingdek samar yoʻqtur.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish