← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Zulqofiyatayn

Zulqofiyatayn (ar. ذوالقافيتين – ikki qofiyali) – qofiya bilan bogʻliq sheʼr sanʼatlaridan biri, bayt tarkibida asosiy qofiyadan tashqari yana bitta qofiyadosh soʻzlar juftligini keltirish, yaʼni Z. baytda qofiyadosh soʻzlar juftligi ikkita boʻlishini taqozo qiladi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi bayt Z.ga misol boʻladi:

Lola qadahini toshqa urdung,

Jola guharini boshqa urdung.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish