← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Zulqavofiʼ

Zulqavofiʼ (ar. ذوالقوافي – uch va undan ortiq qofiyali) – qofiya bilan bogʻliq sheʼr sanʼatlaridan biri, bayt tarkibida uch yoki undan ortiq qofiyadosh soʻzlar juftligini keltirish. Z. ritmni ayricha taʼkidlash orqali baytga oʻziga xos musiqiylik, xushohanglik baxsh etadi. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan olingan quyidagi bayt Z.ga yaxshi misol:

Har qissada shukr sol tilimga,

Har gʻussada sabr ber ilimga.

Mazkur baytda “tilimga – ilimga” juftligi asosiy qofiya boʻlsa, “shukr – sabr” va “qissa – gʻussa” juftliklari ham oʻzaro qofiyalanib kelmoqda. Z.ni tarseʼdan farqlash kerak (q. tarseʼ). Yaʼni tarseʼda misralardagi barcha soʻzlar oʻzaro qofiyadosh boʻladi, Z.da esa keltirilgan baytdagi kabi (sol – ber) bir yoki bir necha qofiyadosh boʻlmagan juftliklar qolishi mumkin.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish