Almanax (ar. المناح – taqdim qilish) – adabiy asarlar toʻplami, nodavriy adabiy nashr. Odatda A.ga tartib berishda muayyan belgilar (asarlar mavzusi, janri, mualliflar yoshi, yashash hududi va b.) asos qilib olinadi. Mas., 70-yillar oxirlaridan boshlab chiqarilgan “Yoshlik” A.i., shuningdek, qutlugʻ tarixiy sana munosabati bilan (Gʻalaba bayrami, Mustaqillik bayrami) yoki mualliflarni umumlashtirgan biror belgi (jangchi shoirlar toʻplami, ijodkor oʻqituvchilar toʻplami) asosida tartib berilgan A.lar ham mavjud.
Альманах (ар. المناح – тақдим қилиш) – адабий асарлар тўплами, нодаврий адабий нашр. Одатда А.га тартиб беришда муайян белгилар (асарлар мавзуси, жанри, муаллифлар ёши, яшаш ҳудуди ва б.) асос қилиб олинади. Мас., 70-йиллар охирларидан бошлаб чиқарилган “Ёшлик” А.и., шунингдек, қутлуғ тарихий сана муносабати билан (Ғалаба байрами, Мустақиллик байрами) ёки муаллифларни умумлаштирган бирор белги (жангчи шоирлар тўплами, ижодкор ўқитувчилар тўплами) асосида тартиб берилган А.лар ҳам мавжуд.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.