← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Alogizm

Alogizm (yun. a – inkor yuklamasi, logismos – aql, mantiq) – mantiqan bir-biriga zid tushunchalarni oʻzaro bogʻliq holda berish, mantiqiy aloqalarni ongli ravishda buzishga asoslangan usullarning umumiy nomi. A badiiy asarning turli sathlarida, soʻz birikmasidan tortib syujet-kompozitsion qurilishigacha kuzatilishi mumkin. Mas., mazmunan bir-biriga mutlaqo zid soʻzlarning sintaktik butunlik hosil qilishi (q. oksimoron); teskari oʻxshatishga asoslangan koʻchimlar (q. kinoya), dialoglardagi konkret hayotiy holat mohiyatiga zid replikalar (q. antifrazis) A.ning koʻrinishlari sanaladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish