← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Amiq

Amiq (ar. عميق – chuqur) – aruz bahrlaridan biri, foilun (– v – ) va foilotun (– v – –) asllarining ketma-ket takroridan hosil boʻladi. A. bahri ilk bor Boburning “Muxtasar” asarida tilga olingan va uning arab sheʼriyatiga xos emasligi, asosan, fors sheʼriyatida mavjudligi taʼkidlangan. “Muxtasar”da amiqi musammani solim (– v – / – v – – / – v – / – v – –) vazniga:

Kel beri, ey parikim, hajrdin xastadurman,

Laʼlinga tashnadurman, zulfunga bastadurman, –

bayti misol sifatida keltirilgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish