← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Antologiya

Antologiya (yun. anthologia – guldasta) – biror milliy adabiyot, davr, adabiy yoʻnalish va sh.k.larga mansubligi jihatidan tanlangan ijodkorlar asarlaridan namunalarni jamlovchi toʻplam. A.lar tuzish anʼanasi qadimgi Yunonistonda boshlangan boʻlib, keyingi davrlarda uning turfa koʻrinishlari paydo boʻlgan. Sharq adabiyotidagi tazkiralar ham mohiyatan A.ga yaqin turadi. Shuningdek, Fitratning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” (1927) va “Oʻzbek adabiyoti namunalari” (1928) nomli xrestomatiyalariga ham A. prinsiplari asosida tartib berilgan. XX asr oʻzbek adabiyotida bir qator A.lar tuzilgan. Jumladan, “Oʻzbek yosh shoirlari” (1922), “Oʻzbek poeziyasi antologiyasi”(1949), “Antologiya uzbekskoy poezii” (1950), “Oʻzbek modern sheʼriyati”(2005), “XX asr oʻzbek sheʼriyati antologiyasi”(2007) va b.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish