← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Apellyativ funksiya

Apellyativ funksiya – nutq funksiyalaridan biri, nutq subyekti tomonidan nutq yoʻnaltirilgan shaxsga muayyan taʼsir oʻtkazilishi. Nutq jarayonida tinglovchiga maʼlum bir informatsiyani yetkazish (reprezentativ funksiya), yetkazilayotgan informatsiyaga oʻz munosabatini ifodalash (ekspressiv funksiya) va unga muayyan taʼsir oʻtkazish (apellyativ funksiya) maqsadlari hamisha mavjuddir. Ular universal xarakterga ega boʻlib, konkret nutq momentida ulardan biri yetakchilik, ustuvorlik qiladi, ayni damdagi nutq boʻlagi shunga mos (qurilishi, soʻz tanlash, intonatsiya va sh.k.) tarzda shakllantiriladi. Bu nutq hodisasi boʻlmish adabiy asarga ham toʻla taalluqlidir.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish