← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Ariz

Ariz (ar. عريض– enli, keng) – aruz bahrlaridan biri. Mafoiylun (V – – –) va fauvlun (V – –) asllarining ketma-ket takroridan hosil boʻladi. Boburgacha yaratilgan ilmi aruzga oid asarlarda mazkur bahr tilga olinmagan. “Muxtasar”da bu bahrni ajam xalqlari yaratganligi taʼkidlangan va uning toʻrt vazniga bir baytdan misol keltirilgan. Xususan, Boburning :

Labing marjon, tishing dur, xating rayhon, hading gul,

Soching anbar, yuzung hur, menging moʻlton, yuzung mul.

bayti arizi musammani solim (V – – – \ V – – \ V – – – \ V – –) vaznida yozilgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish