← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Arxeografiya

Arxeografiya (yun. archaios – qadimgi, grapho – yozaman) – tarixiy fanlarning qadimgi yozma yodgorliklar bilan shugʻullanuvchi yordamchi sohasi. A. koʻhna qoʻlyozmalarni chop etishga tayyorlashning nazariy asoslarini, amaliy tartib-qoidalari va metodikasini ishlab chiqadi. A.ning vazifalar doirasiga qadimgi bitiklarni oʻqish, yoshi, muallifi, yozilgan joyi va vaqtini aniqlash kabi vazifalar ham kiradi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish