← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Arxitektonika

Arxitektonika (yun. architektonike – qurilish sanʼati, meʼmorlik) – adabiyotshunoslikda adabiy asarning tashqi qurilishi, uning asosiy qismlari (boblar, fasllar; parda, koʻrinish)ni bir butunga birlashtirish maʼnosida qoʻllanadi; baʼzan kompozitsiya terminiga sinonim tarzida ham ishlatiladi, lekin bu maʼnosida termin ommalashgan emas. Chunki hozirda adabiy asar turli sathlardan tashkil topishidan kelib chiqib, kompozitsiyaning turli aspektlari (matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi va sh.k.) haqida gapiriladi, shunga koʻra A.ga shu aspektlardan biri sifatida qaraladi. Yaʼni kompozitsiya termini A. tushunchasini ham qamrab oladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish