← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Arxivshunoslik

Arxivshunoslik, adabiy arxivshunoslik (lot. archivum – hujjat saqlash joyi, fors. شناس– oʻrganish) – adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri, aksariyat hollarda, manbashunoslikning tarkibiy qismi sifatida ham qaraladi. A. adabiyot tarixiga oid manbalarni saqlash, tartibga solish, tavsiflash kabi vazifalarni bajaradi. Adabiyot tarixiga oid manbalar saqlanadigan muassasalar (davlat arxivlaridagi turli ijodiy uyushma, adabiy nashrlar fondlari; adabiyot muzeylari, adiblarning uy-muzeylari) koʻpayishi bilan adabiyotshunoslikda A.ning roli va ahamiyati ham ortib bordi, shu bois hozirda unga adabiyotshunoslik ilmining alohida bir yordamchi sohasi sifatida qarash ommalashmoqda.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish