← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Bayt

Bayt (ar. بيت – uy) – Sharq sheʼriyatidagi ikki misrali band turi. Har qanday ikki misra sheʼrning, garchi amaliyotda shunday hol kuzatilsa-da, B. deb atalishi toʻgʻri emas. Chunki B. ritmik-intonatsion va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillik kasb etishi, yaʼni band maqomiga ega boʻlishi lozim. Shunga koʻra, B. atamasining band maʼnosida qasida, gʻazal, qitʼa janrlariga nisbatan ishlatilishi, Sharq sheʼriyatidagi boshqa janrlarning ikki misrali bandlariga nisbatan esa masnaviy atamasini qoʻllash toʻgʻriroq boʻladi (q. band).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish