← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Dilogiya

Dilogiya (yun. di – qoʻshma soʻzlarda “ikki”, logos – soʻz, hikoya, rivoyat) – kompozitsion jihatdan nisbiy mustaqillikka ega ikki asardan tashkil topgan asar. D. tarkibidagi ikki asarni ijodiy niyatning yaxlitligi, bir-birini davom ettiruvchi umumiy syujet chiziqlari, umumiy personajlarga egalik bir butunga aylantiradi. Shuning uchun ham, mas., Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani D. sifatida rejalashtirilgan boʻlib, muallif ijodiy niyati D. butunligida amalga oshishi lozim edi. D.ning “Kunduz” nomli ikkinchi qismi yoʻqolgani sababli, uning birinchi qismi – “Kecha” tugallanmagan asar, degan taassurot qoldiradi. Yozuvchi M.Ismoiliyning “Fargʻona tong otguncha” romanini D.ga misol sifatida koʻrsatish mumkin.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish