← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Erkin sheʼr

Erkin sheʼr (ruschadan kalka: “volnыy stix”) – rus sheʼriyatidagi sillabo-tonik sheʼr tizimi asosida paydo boʻlgan, misralaridagi stopalar soni bir xil boʻlmagan sheʼr shakli. E.sh.da barcha stopalar bir xil (yamb) boʻlgani holda, ularning misralardagi soni bir xil emas, yaʼni sheʼr boshidan oxiriga qadar bitta oʻlchovda yozilmagan, unda izometriya hodisasi kuzatilmaydi. Keyincha analogiya asosida misralardagi xorey yoki anapest stopalari (q. stopa) soni turlicha boʻlgan sheʼrlar ham E.sh. deb atalgan. Rus sheʼrshunosligida bir-biridan farqlanuvchi sheʼr shaklini bildiruvchi “volnыy stix” va “svobodnыy stix” birikmalaridagi “volnыy” va “svobodnыy” aniqlovchilari oʻzbek tiliga bir xil – “erkin” soʻzi bilan tarjima qilinishi sabablidir, manbalarda va amaliyotda E.sh. termini, koʻpincha, verlibr va sarbastga sinonim tarzida ishlatiladi. Biroq bu toʻgʻri emas (qiyoslang: verlibr, sarbast). Oʻzbek sheʼriyatida E.sh. barmoq asosida shakllangan boʻlib, XX asrning 20 – 30-yillaridan ommalashdi. E.sh.ga xos xususiyat shuki, unda misralardagi boʻgʻinlar soni, ularning oʻzaro qofiyalanishi qatʼiy tartibda emas, biroq sheʼr davomida oʻlchovda teng va oʻzaro qofiyadosh misralar erkin tarzda takrorlanadi. Xuddi shu jihati uni barmoqqa yaqinlashtiradi. Yaʼni rus sillabo-tonik sheʼriyati negizida paydo boʻlgan E.sh. (volnыy stix) oʻzida sillabo-tonik sheʼrga xos belgilar (stopalar)ni saqlab qolgani kabi, oʻzbek E.sh.i ham oʻzida barmoqqa xos ayrim xususiyatlarni saqlaydi. Mas.:

Alkogol

bizning qonlarga

va roʻzgʻorlarga,

din ahkomlari,

feodal arkonlari,

kapital qonunlari-la,

urf-odatlarga

uylanib,

ichkuyov,

yaʼni yov

boʻlib

kirmishdir.

Alkogol –

bizlar qul,

ruhan tushkun,

uzvan tutqun,

rizqimiz jigarxun,

hayot xumori – bang

boʻlganda,

nozli bir buzuq,

sozli bir satang,

injiq bir kelin

singari,

oʻz hukmin oʻtkazib,

maishat – chimildiqqa

kirmishdir.

3+5

5

5

7

3+5

5+3

3

3+2

3

3

4

4

4

6

6

3

5

5

5+3

6

7

3a

a

b

b

b

b

b

b

v

v

v

g

g

g

d

d

ye

ye

j

z

z

z

z

i

i

y Gʻ.Gʻulomning “Alkolgol” sheʼridan olingan bu parchada 3, 4, 5 va 6 boʻgʻinli turoqlar qatʼiy emas, erkin tarzda takrorlanadi, shunday erkinlik misralarning qofiyalanishida ham kuzatiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish