← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Grafomaniya

Grafomaniya (yun. grapho – yozmoq, mania – kasallik, dard) – iqtidori boʻlmagan holda yozishga ruju qoʻymoq. G. yozuvchilikni joʻn tushunish, unga shuhrat va boylikka erishishning oson yoʻllaridan biri deb qarash, oʻzining ijodiy imkoniyatlarini real baholay olmaslik oqibatida yuzaga keladi. Kitob nashr etish imkoniyatlari kengaygan hozirgi kun sharoitida G. keng tarqalgan hodisaga aylandi. G. maʼlum darajada kasallik sanalishi (“maniya” psixik kasallikka nisbatan ishlatiladi) mumkin, chunki unga yoʻliqqan kishi oʻz bitiklarini tanqidiy baholashdan ojiz boʻlib qoladi, oʻzgalar fikrini qabul qilmaydi, oʻzini tan olinmagan daho deb biladi, har qanday yoʻl bilan asar yozish va chop ettirishga intiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish