← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Jomiʼ ul-huruf

Jomiʼ ul-huruf (ar. الحروف جامع – harflarni jamlovchi, oʻz ichiga qamrab oluvchi) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, alifbodagi barcha harflarni takrorsiz qoʻllagan holda bayt aytish. Yaʼni J.h. asosida yozilgan baytda alifbodagi barcha harflar ishtirok etishi va ularning hech biri ikkinchi oʻrinda takrorlanmasligi talab etiladi. Oʻz-oʻzidan ayonki, mazkur talabni uddalash gʻoyat mushkul. Bir tomondan, yuzaga keltirish imkonining juda ham cheklangani, ikkinchi tomondan, koʻproq shaklbozlikka moyil boʻlganidan sheʼriyatda u qadar ommalashmagan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish