← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Katastrofa

Katastrofa (yun. katastrophe – burilish, toʻntarish) – tragediya yoki drama qahramoni hayotida keskin burilish yuz beruvchi holat, tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujetlarda peripetiya oʻtkir namoyon boʻluvchi nuqta, aksar hollarda yechim bilan ham mos tushadi. Mas., M.Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasida Ulugʻbekning taxtdan kechishi va oxirgi farmonni berishi yoki Uygʻunning “Imon” dramasidagi haqiqat oshkor boʻlgan sahnani K.ga misol qilib koʻrsatish mumkin. K. termini antik davrlarda ilmiy muomalaga kiritilgan boʻlib, hozirgi adabiyotshunoslikda qoʻllanishi jihatidan passiv hisoblanadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish