← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Komil

Komil (ar. كامل – yetuk, mukammal) – aruz bahrlaridan biri, harakatining (unlilarining) koʻpligi jihatidan vofirga nisbatan yetukroq, mukammalroq boʻlgani uchun shunday nomlangan. Mutafoilun ( v v – v –) aslining takroridan hosil boʻladi. K., asosan, arab sheʼriyatiga xos boʻlib, oʻzbek sheʼriyatida juda kam qoʻllangan bahrlardan biridir. Navoiyning “Mezon ul-avzon”ida K. bahrining birgina komili musammani solim vazni, Boburning “Muxtasar”ida esa uning yigirma ikki vazni misollar bilan keltirilgan. K. bahri oʻzbek sheʼriyatiga ilk bor Navoiy ijodi orqali kirib kelgan, undan keyin Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Muqimiy, Habibiy kabi shoirlar ham mazkur bahrda sheʼrlar bitganlar. Mas., Navoiyning:

Ne balo emish sening ul xirom ila qomating,

Gahi surʼating, gahi noz birla iqomating, –

bayti komili musaddasi solim (v v – v – / v v – v – / v v – v –) vaznida yozilgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish