Komparativizm (lot. comparatives – qiyos, qiyosiy) – 1) keng va koʻpchilik tomonidan istifoda etiladigan maʼnoda qiyosiy adabiyotshunoslik (q.), adabiyot tarixining milliy adabiyotlar taraqqiyotidagi oʻzaro mushtarak va farqli tomonlar, milliy adabiyotlarning oʻzaro aloqalari va taʼsiri masalalarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) tor maʼnoda qiyosiy adabiyotshunoslikning shakllanish davridagi bir bosqich, adabiy faktlardagi tashqi oʻxshashliklarni (tarixiy shart-sharoit, adabiy anʼana, ijodkor dunyoqarashi, uslubi kabi kontekstlar bilan bogʻlamagan holda) qiyoslash bilan cheklanilgan davr.
Компаративизм (лот. comparatives – қиёс, қиёсий) – 1) кенг ва кўпчилик томонидан истифода этиладиган маънода қиёсий адабиётшунослик (қ.), адабиёт тарихининг миллий адабиётлар тараққиётидаги ўзаро муштарак ва фарқли томонлар, миллий адабиётларнинг ўзаро алоқалари ва таъсири масалаларини ўрганувчи бўлими; 2) тор маънода қиёсий адабиётшуносликнинг шаклланиш давридаги бир босқич, адабий фактлардаги ташқи ўхшашликларни (тарихий шарт-шароит, адабий анъана, ижодкор дунёқараши, услуби каби контекстлар билан боғламаган ҳолда) қиёслаш билан чекланилган давр.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.