← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Kontrast

Kontrast (fr. contraste – keskin qarama-qarshi qoʻyish) – badiiy adabiyot va sanʼatning boshqa turlarida tasvirlanayotgan narsa-hodisalarni bir-biriga keskin qarshi qoʻyishga asoslangan badiiy usul. K. tasvirlanayotgan narsani boʻrttirib, qabartirib koʻrsatish imkonini beradi, badiiy usul sifatida qadimdan qoʻllanib keladi. K. badiiy asarning barcha sathlarida (til, syujet, xarakter va sharoit, kompozitsiya) namoyon boʻlishi, unda zidlash oshkora yoki pinhona amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, K. til sathida antiteza (yoki tazod) koʻrinishida, syujet sathida bir voqea (yoki holat)ning ikkinchi voqea (yoki holat)ga qarshi qoʻyilishi (mas., “Zumrad va Qimmat”) tarzida, kompozitsiya sathida esa asarning bir qismini ikkinchi qismiga qarshi qoʻyish ( mas.: Choʻlpon. “Novvoy qiz”) orqali namoyon boʻladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish