← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Koʻrinish

Koʻrinish – dramatik asarning eng kichik tarkibiy qismi. Odatda, pardalar K.larga boʻlinib, ular shu sahna epizodidagi ishtirokchilar tarkibi bilan belgilanadi; K.lar bir-biridan personajlardan birining sahnadan ketishi yoki boshqa personajning kelib qoʻshilishi bilan ajratiladi. Antik Rim adabiyotidayoq dramatik asar matnida K.lar alohida ajratilib, raqamlab koʻrsatilgan. Dramaturgiyada uzoq vaqt hukm surgan bu anʼanadan XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan chekinila boshlangan. Hozirda ham dramatik asarda parda ichidagi K.lar farqlanib turadi, lekin matnda buni doim ham taʼkidlab, alohida ajratib koʻrsatish shart qilinmaydi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish