← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Libretto

Libretto (ital. libretto – kitobcha) – 1) teatrda ijro etiladigan opera, operetta va balet spektakllarining qisqacha bayoni berilgan kitobcha. XVII asr oxirlaridan boshlab teatrga kelgan tomoshabinlarga shunday kitobchalar taqdim etilgan, terminning paydo boʻlishi ham shu bilan bogʻliq. 2) opera spektaklining matniy asosi, shuningdek, balet spektaklining adabiy ssenariysi. Har ikki holda ham asarni sahnada ijro qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. L. maxsus, yaʼni yangi mavzudagi original asar sifatida yaratilishi ham, mavjud asarni moslashtirish, opera yoki operettaga mos inssenirovka qilish yoʻli bilan ham yozilishi mumkin.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish