← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Mahalliy kolorit

Mahalliy kolorit, joy koloriti – badiiy asarda muayyan hudud (mintaqa, viloyat va h.)ga xos turmush tarzi, urf-odatlar, sheva, peyzaj va sh.k.larni qayta yaratish. M.k. tasvirning haqqoniy boʻlishiga xizmat qilishi bilan birga, maʼrifiy jihati bilan ham ahamiyatli, chunki u muayyan hududda yashovchi kishilar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish