← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Marsiya

Marsiya (ar. مرثيه – yigʻlamoq, aza tutmoq, achinmoq) – biror kishining vafoti munosabati bilan, uning fazilatlarini eʼtirof etish, vafotidan afsuslanish mazmunida yoziladigan lirik janr. Adabiyot tarixida shoirning biror yaqin kishisi, qarindoshi, oila aʼzosi vafoti munosabati bilan yozilgan M.lar bilan bir qatorda, shohlar va boshqa amaldorlar, ustozlar vafoti munosabati bilan yozilgan M.lar ham koʻp uchraydi. Mas., Navoiyning Abdurahmon Jomiy vafotiga bagʻishlangan M.si. Asosan mazmunga qoʻyiladigan talab yetakchi boʻlgani uchun M.ning hajmi, qofiyalanishi bilan bogʻliq talablar qatʼiy belgilangan emas. Shu bois ham M.lar gʻazal, muxammas, musaddas kabi lirik janrlarning shakllarida bitilishi mumkin. Yangi davr adabiyotida ham Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabi shoirlar ijodida M.ning yaxshi namunalari bor.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish