← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Muashshar

Muashshar (ar. معشر – oʻnlik) – musammat turlaridan biri, oʻn misrali bandlardan tarkib topuvchi sheʼr shakli; oʻn misrali band. Musammatning boshqa turlaridagi kabi M. sheʼr shaklida ham dastlabki band misralarining oʻzaro (a-a-a-a-a-a-a-a-a-a) qofiyalanishi, keyingi bandlarda avvalgi toʻqqiz misraning oʻzaro, oxirgi misraning esa birinchi band bilan (b-b-b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-v-v-a va hok.) qofiyalanishi koʻzda tutiladi. Shuningdek, M.da ham bir yoki ikki misra tarjeʼ sifatida takrorlanishi mumkinki, bunda qofiyalanish tartibi shunga mos boʻladi. Xuddi mutassa (q.) kabi, M. ham mumtoz sheʼriyatimizda kam qoʻllangan sheʼr shakllaridan sanaladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish