← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Munaqqid

Munaqqid (ar. منقيد – saralovchi, muhokama qiluvchi) – adabiy tanqid bilan shugʻullanuvchi shaxs; tanqidchi soʻziga sinonim tarzida qoʻllanadi. Keng maʼnoda M. deganda, adabiy tanqid bilan professional tarzda shugʻullanuvchi shaxsnigina emas, balki biron asarni muhokama qilayotgan, u haqda fikr bildirayotgan har qanday odamni ham tushunish mumkin.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish