← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Muqayyad qofiya

Muqayyad qofiya (ar. مقيد – bogʻlangan qofiya) – ilmi qofiyada qofiyaning tuzilishiga koʻra farqlanuvchi bir turi, raviy bilan toʻxtaydigan qofiya. Mas., Ogahiyning:

Munchakim, ey dil, yetishdi hajridin zahmat sanga,

Uzmading hargiz umiding vaslidin, rahmat sanga, –

baytida M.q. qoʻllangan (zahmat – rahmat). Mutlaq qofiyadagi kabi M.q. tarkibidagi har bir harf alohida nom bilan yuritiladi: qayd – raviydan oldingi undosh, ridf – raviydan oldingi choʻziq unli, ishbo – raviydan oldingi qisqa unli; doxil – ishbodan oldingi undosh, hazv – qayddan oldingi qisqa unli, taʼsis – doxildan oldingi choʻziq unli. Keltirilgan misoldagi “zahmat – rahmat” juftligida raviydan oldingi “a” qisqa unlisi – ishbo, ishbodan oldingi “m” undoshi – doxildir.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish